Yurak to'ldi yana alamga, Sig'may qoldim shu keng olamga. Mening jonim olsang mayliga, Tangrim tegma hasta Onamga. Undan mu'min banda ko'rdingmi? Uni suyib azob berdingmi? Qara joni azobda qoldi, Yoki shuni ravo ko'rdingmi. Kel shu dardni bo'ynimga yukla, Men ko'taray mahsharga qadar. Onam qancha azob ko'rgandi Oshib keyar qiynasang agar. Qara sochi qordan ham oppoq Endi ellik ikkiga kirdi. Yuzlari ham hazonli yaproq Yashnamayin erta to'kildi. Hali mening to'ylarim ko'rsin Ota degan bo'ylarim ko'rsin. Mirzo oxin ayla ixtirom Uyim to'rin to'ldirib tursin. Qalamlarim ojiz bariga Tog'lar talqon Onam sabriga. Aziz do'stlar Aziz mu'minlar Erta yeting Ona qadriga......[color=blue]