Assalomu aleykum hurmatli va muhtaram ustozlarim, qadrli o’qituvchilarim.! Mana men ham do’stlarim, opa-ukalarim qatori oltindan qimmat o’quvchilik davrini shu aziz dargohda, sizlarning mehrga to’la sidqidildan bergan minnatsiz ta’lim va tarbiyangizni olgan ekanman, avvalom bor sharafli va oliyjanob kasb egasi bo’lgan siz ustozlarimni 1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar” kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Shu baxtli kunlarda qadrdon maktabimni, dunyoni tanish, o’qish o’rganish zavqi bilan o’tgan sho’xliklarga boy, beg’ubor o’quvchilik yillarimni yodga olar ekanman, o’zining mashaqqatli mehnati, hayotiy tajribasi, nurga to’la vasli ila ozod yurtimizning ozod farzandlariga nafaqat ilm-fan sirlarini, balki Vatanga muhabbat, unga munosib farzand, hamda el-yurtga sadoqat kabi tuyg’ularni yuraklarda kamol toptirayotgan siz aziz va ustoz va o’qituvchilarimga o’zimning kattadan-katta minnatdorchiligimni bildiraman. Ayniqsa bugun sizlar bergan insoniy fazilatlarga xos ilm va tarbiya, hamda sizlardan olgan mustahkam bilimlar mustaqil kelajak hayotimizda o’zining ulkan samaralarini bermoqda. Hurmatli ustozlarim.! Barchangizni bugungi bayram bilan yana bir bor qutlab, sizlarga sihat salomatlik, oilaviy baxt saodat, xonadoningizda hamisha tinchlik xotirjamlik hukm surishini Buyuk Tangridan so’rab qolaman. Kelgusi ish va hayotingizda, qolaversa biz kabi farzandlaringizga bilim va tarbiya berishdek xayrli ishlaringizda ham ulkan yutuq va muvaffaqiyatlar tilab- Sobiq o’quvchingiz Munavvar Hamroyeva MADADKORSIZ. Ta’zim qilgum sizga doim aziz muallim, Siz erursiz har sohada berguvchi ta’lim. Ta’rifingiz madh etmoqda ojiz qalamim Siz doimo omon buling aziz muallim. Beqiyosdir ustoz sizning bergan mehringiz Oh bunchalar yuksak erur ustoz sehringiz Sizni har on esga olib orziqib dilim Siz doimo omon bo’ling aziz muallim Ilk bor aziz bolajonlar deya suydingiz Puxta bilim bermoqlikni dilga tuydingiz Nodonlarga uqturolmay yonib kuydingiz Siz doimo omon bo’ling aziz muallim Yaxshi yomon kunimizda hamdard bo’lgansiz Yig’laganda yig’lab kulsak birga kulgansiz Yutuqlarga erishsak gar olqishlagansiz Siz doimo omon bo’ling aziz muallim. Ta’zim qilay qo’llarimni ko’ksimga qo’yib, Cheksiz issiq mehringizni dilimga tuyib Ranjitsam ham kechirgaysiz erkalab suyib Siz doimo omon bo’ling aziz muallim. Ustozlarim uzr agar ranjitgan bo’lsam Bir umrdayodimdasiz qayerda yursam Har bir ishda madakorsiz mehringiz yuksak Siz doimo omon bo’ling aziz muallim. Qalb qo’rin ko’z nurin butun umrini Ilmu ma’rifatga aylagan fido Hayot sabog’ini bergan ustozlar Shogirdlar nomidan sizga tasanno.!
|