Ey farzand, "xizmat doira"-sidan chiqsang ham, izzat doirasidan chiqmagil. Bilginkim, "sotka" ishvali jononga o'xshaydur, qanchalik ko'p muloqot aylasang, shul qadar ko'p pul yo'qotursan.
Gar o'zing bayramu-jamshidlarda "o'chib" qoladurg'on o'lsang, loaqal telefoning o'chiq bo'lmasun.
Har on "zaryadkang" yoningda bo'lsun, alalhusus, mehmonga borg'onda.Mezbonning uyidan zaryad oldursang,o'z uyingni elektr energiyasini tejab qolgaysan.
Agar suhbating uzoqqa cho'ziladurg'on bo'lsa "allo', allo',yahshi eshitilmaydur" debon bahona qilg'il va aloqani uzg'il.Shunda ul nomurod hamsuhbating o'zi sanga telefon qilg'ay. Loaqal, besh,o'n sent ekano'm qilg'aysan.
Yana anglag'ilkim, telefo'nda gaplashmoq misoli, bir resto'randur, kirish tekin, ammo chiqg'oningda hamisha pul to'lab chiqursan