Salom Azizim.! Ahvollaringiz yaxshimi, bu yolg’on dunyoning tashvishlaridan uqubatlaridan yolgonlaridan charchab qolmayapsizmi? Azizim Ikkalamiz ham uzoq manzilga yo’l olganmiz, mana yaqinda ko’rishmaganimizga ham bir necha oy bo’ladi. Nahotki mendan shunchalik yiroqlashib ketgan bo’lsangiz. Hech bo’lmasada kun zamon meni eslab turibsizmi, yoki sizni sog’inch azoblari qiynamayaptimi? Men esa aksincha har kuni sizni eslab , sizsizlik dunyosida qiynalayapman.! Shu vaqt mobaynida menga aytgan so’zlaringiz hozirgacha yuragimni tilka-pora qilib kelmoqdaman. Yolg’izlik tunlarimni go’yo tonga ulagandekman. Nega.. Nima uchun.. degan savollar ich etimni kemirib tashlamoqda. Nahotki mendan shunchalik yiroqlashib ketgan bo’lsangiz. Bu hayotda mening yagona sirdoshim faqatgina siz edingiz. Endichi, bu yolg’on sinovlik dunyoda bir o’zimni yolg’iz tashlab ketdingiz. Bu dunyoda sizga boshqa erisha olmasligimni bilsamda o’z orzu hayollarim va ichki dardu hissiyotlarimdan qochib qutilolmayapman. Sizni o’ylamaslikka qanchalik harakat qilmay lekin ming afsuski buning uddasidan chiqa olmayapman. Negadir o`tgan 3 yillik umrimning eng gozal onlarini bir soniyada yoqotganimga ishonolmayapman. Nima uchun…Nima uchun bunchalik ho’rlangan yuragim yanada azob chekmoqda…Nima uchun Taqdir insonlarni bunday o’yinga boshladi….Nahotki u biz insonlar uchun qanchalik qadrli va har narsadan ustun ekanligin bilmasa…Yoki bularning barchasi insonlar tadirini ba misoli bir chaqaday ko’rishgani uchunmi?...Balkim biz sevgining lazzatidan bahramand bo’la olmasmiz biroq nima uchun aynan dard, alam, qayg’u, g’am, sog’inch va yolg’izlik tuyg’ulari bizni o’zlariga bog’lab chorlayveradi? Nega? Yuragimizdagi bir ogiz sozni aytolmay bir umr azob chekamiz? Qaygularimizga, yaxshi yomon kunlarimizda sherik bolga insonimizni bir chekkaga surib bir buyum sifatida koramiz? Mana kunni ham, tunni ham yolg’izlikda shundayin qarshi olaman. Har kecha oyning nuriga termulgancha o’tgan damlarni eslab negadur o’ksinib, achinib yig’layman.Goyoki oy ham menga termulganicha yiglamagin u qaytadi deydiyu biroq hech qachin qaytmasliganizni sezib yuragimga endi u hech qachon qaytmaydi deb aytolmayman.Bazan esa shivirlab yog’ayotgan yomg’irdan baxra olar ekanman, yuragim yana notinch ahvolda qolgandek go’yoki qalbimga sog’inch degan hisni kirita boshlaydi.Shunda ham yomgirni tagida soatlab qolaman . Chunki yomgir menga sizni eslatadi siz bilan otkazgan shirin kunlarni eslatadi Ba`zan hech kim yo`q joylarga qochib ketgim kelar yoki hech kimsa yo’q jim-jitlik hukm suruvchi joylarga borib ko’zimdagi jiqqa yosh ila bor ovozim bilan baqirib ho’ngrab yig’lasam deyman… Bor ovozimda "Men ham baxtli bo’laman” deya dunyoga jar solsam deyman… Biroq shuncha harakat qilmay bu soz yuragimdan chiqmaydi.Har kuni tongda ishga otlanaoyganimda,Sevishgan juftliklarni korsam ularga baxt tilayman Ularning yuzidagi tabbasumi abadiy bolishini istayman Gohida yuzida quvonch ornini gam egallagan juftlikni korganimda siz yodimga tushasiz ular ham biz kabi ajralganini sezaman.Lekin shunday bolsa ham sizni unutishni istamayman mayli menga bir umr Armon boling.lekin qalbimning yagona insoni ozingizsiz
Shunchalik siqilib ketimki huddi bu dunyoning yolg’onlariga aldanib qolgandekman. Dardimni kimga baham ko’rishni ham bilmayman, faqatgina alam ustidan doyimgidek oppoq qog’ozga o’z ichki hissiyotlarimni to’ldirib chiqmoqdaman. Koz yoshlarim yuzimni yuvsada lekin buni sizga bildirolmayman.Yonizda yurgan go`zallardan qizgonaman-u lekin sizga aytolmayamn.Suratingizga soatlab termulaman-u hech nimani sezmaysiz bilmaysiz eshitmaysiz .Gohida daryoning ortasiga ozimni tashagim keladi-yu Lekin yana ortga qaytaman Chunki bu hayotimning sinovli oni-ku deya ozimni ishontiraman.Qachon tugarkan bu Hijronli kunlar deya ozimni chalgitish maqsadida ishimga otlanaman,vaqt esa sekin otadi,goyoki ustimdan kulganday daqiqa sanayman-u biroq u ham atay meni qiynaydi shunday qilib Umrimning tugaganini ham sezmayapman. Nima bo’lganda ham vaqt g’animat ekan, o’tgan damlarni ortga surib ham bo’lmaydi. Inson zoti shundayin gohida baxtga, gohida dardga chaligancha umr kechiraverarkan. Biroq o’zimizni dardimiz yolg’izgina o’zimizga ayondur…O’zimizning dardimizga faqatgina o’zimiz malham bo’la olar ekanmiz.men ham huddi shunday qilib baxtimni orzularimni umrimni VaQTNIng hukmiga qoyayapman .Zeroki shu vaqt qalbimdagi yaralarni ogriqlarni ozi davolasa ozi tuzatsa.Men esa sizga faqatgina baxt tila olaman garchi ozimning qalbim yum yum yiglasada baribir sizga baxtni tilayman Biz
Umr daftarimni ochib shu damda Begubor yoshlik yodimga tushdi Oyinlarni oynab kulgan paytlarim Astagina yodimga tushdi Muhabbat qasriga kiritgan kuniz Qalbimda ajoyib hisni tuygandim Sevgining begubor kunlarida men Sizday bir insonni Sevib qolgandim Mana Xotiralar asta uygonar Yuraklarda muzlagan hislar turadi Biz uchun ochilgan, eh bu eshiklar Qachondir yopilar yurak bilmaydi Yashash kurashish Sevish sevilish Bu taqdirning bir sinovidir Bizning sevgimiz oh begubordir Qachondir bu sevgi bizni yengadi Sizni suyganim hech kim bilmasin Sizni sevganim yodizda qolsin Mayli men uchun armon boling siz Yuragimda ogriq azob boling siz Lekin bir umr yonimda qolib Bir umr vafoli yorim boling siz