Sog'inch bergan azoblardan, yurak xasta.
Ismingizni takrorlayman har nafasda
Unutgansiz, endi qaytib kelmaysizda...!
Sog'inmaysiz, Sog'inishni bilmaysizda!
Orzu qildim, siz boy qizi malikani,
Go'yo, ko'kda oyning o'zi bir erkani.
Dardlarimga dardkash bormi endi
mani...?
Biz oshiqni nazar-pisand ilmaysizda...!
Sog'inmaysiz, sog'inishni bilmaysizda
Siz ketdingiz ,ortingizdan boqdim qolib.
Tunlarimni o'tkazaman bedor bo'lib!
Sizga aytgan so'zlarimni yodga olib...
Bir-bor eslab, dilingiz xun
bo'lmaysizda...!
Sog'inmaysiz, sog'inishni bilmaysizda!
Bu xayotga muxabbatim, mexrim sindi!
Sevgi degan bir tuyg'uga bo'lib bandi!
Ko'zlaringiz kulib boqib meni endi...,
Shirin so'zlar bilan ko'nglim
olmaysizda....!
Sog'inmaysiz, sog'inishni bilmaysizda!
Hijronlarda bir kun ado bo'lsangiz ham,
Sir saqlabon meni, jondek suysangiz ham,
Qancha yonib, yana qancha kuysangiz
ham!
Bag'ringizni mendek yulib
tilmaysizda...!
Sog'inmaysiz, sog'inishni bilmaysizda!
Gar bilsangiz, xolim so'rab turardingiz!
,,Sog'indim'' deb o'zni o'tga urardingiz!
Yo'q sevmaysiz, sevsangiz gar
kelardingiz...
,,Sevgi yo'q'' deb unga parvo
qilmaysizda...!
Sog'inmaysiz, sog'inishni bilmaysizda!
(MIRJALOL_X)