SOG`INMAYSIZMI?
O`zin ko`z – ko`z qildi bahor ziynati, Gullar atrin sochdi, sochilmaysizmi? Sizni ko`rmoq istab, ko`zim izladi, Ayting meni sira sog`inmaysizmi?
Nahot, mumkin meni shuncha ko`p ayblash, Shuncha ko`p ayblashdan og`rinmaysizmi? Yo`llarni berkitgan g`azabmi, araz, Ayting meni sira sog`inmaysizmi?
Bir – birin pinjiga kirmoqda qushlar, Erkangiz edim – ku xotirlaysizmi? Men haqda ko`rib ham bir shirin tushlar, Ayting meni sira sog`inmaysizmi?
Aybsizligim, balki bilarsiz, kelib, Endi kechirmoqqa botinmaysizmi? Gina joningizga ketmasmi tegib, Ayting meni sira sog`inmaysizmi?
Bahor kelganida yurib teskari, Qishning quchog`iga otilgaymizmi? Sevgim ortayotir sog`inganim sari, Ayting meni sira sog`inmaysizmi????
GavharShodA
|