Главная » 2015»Февраль»17 » Smartfonlar unitazdan ko‘ra 20 marta iflos ekanligi aniqlandi
16:26
Smartfonlar unitazdan ko‘ra 20 marta iflos ekanligi aniqlandi
20.01.2015 // Texnologiyalar
Smartfonlar unitazdan ko‘ra 20 marta iflos ekanligi aniqlandi
Egalari tomonidan faol ishlatiladigan smartfonlarning ko‘pchiligi turli bakteriyalarga to‘ladir, ular orasida kasallik keltirib chiqaradiganlari ham bor, deya xabar bermoqda Daily Mail Britaniyaning Surrey universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqotga asoslanib. Olimlar Petri chashkasiga bir necha o‘nta smartfonni joylab, bakteriyalar rivojlanishi uchun qulay bo‘lgan sharoitda ularni uch kunga qoldirdi, so‘ng natijalarni diqqat bilan o‘rganib chiqdi. Aniqlanishicha, smartfon korpusi yuzasida unitazning suv tushiradigan dastagidan ko‘ra 18 marta ko‘p kasallik keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar yashaydi. Tajriba mualliflari ta’kidlashicha, britaniyaliklar tomonidan faol qo‘llaniladigan 63 millionta smartfonlarning 15 milliontasi sog‘liq uchun potensial xavfga egadir.