Assalomu alaykum! Bu she'rim, iltimosga binoan onasidan 3 yoshida ayrilgan bola tilidan yozilgan. Ona desam, bolam degan so'z begona. Yo'limga zor, mexridaryo ko'z begona.... Tushda ko'rdim, ko'zim ochsam yo'qsiz yana, Sizni izlab topolmayman onajonim?
Ismim aytib, kimdir desa bolajonim, Bag'rib to'lib qucholmasman titrab jonim,,,! Yodimda yo'q so'nggi bora ko'rgan onim, Sizni izlab topolmayman onajonim!
O'zgalarga termularman, xavas qilib. Murg'ak qalbimni yig'latar sog'inch tilib..! Bag'ringizda o'ynay desam, bir- zum kulib... Sizni izlab topolmayman onajonim!
Bir kam dunyo nega sizni tortib oldi? Mehringizga tashna qalbim guldek so'ldi. Yig'lay-yig'lay ko'ksim o'kinchlarga to'ldi..! Sizni izlab topolmayman onajonim!
Laxza imkon bo'lsa, mexringizga to'ysam. Poyingizni tavob qilib, boshim qo'ysam..! ,,Onajon'' deb men ham quvnab aytay desam.. Sizni izlab topolmayman onajonim!
Allangizni jon quloqqa tinglar edim! Men baxtsiz ham, baxt neligin anglar edim,,,! Gul ko'tarib bugun qabringizga keldim. Sizni izlab topolmadim onajonim!
(MIRJALOL_X.)
|