Yolg'izlikda zerikib qiynalgan kunim,
Qaniydi yonimda singlim bor bo'lsa.
Dadamni sog'inib yig'lagan kecham,
Dardkashim oy yuzim singlim bor bo'lsa.
Ichimga sig'mayin ketadi ruhim,
Qaltirab lablarim ko'zdan chiqsa yosh.
Bag'rini isitib bosadi quyosh,
Qaniydi u mening singlim bo'lsaydi.
Qaniydi yig'lamay yashasak xursand,
Quvonchli kunlarda yursak kulishib.
Kulgularing sog'indim farishta singlim,
Shu onda yonimga kelsang bo'lardi.
Chanqadim sahroning ayovsiz cho'g'i,
Ustimdan kuladi shum taqdir xuni.
O'ng yelkamda farishtam seni so'raydi,
Bir tomchi suv bilan kelsang qaniydi.
Sog'indim qo'llaring shirin tamini,
Yana qachon qilamiz shirguruchlarni.
Dumog'imda qolib ketti mazali bari,
Endi kim pishirar menga ovqatni.
Farishtam sen eding ketmagin singlim,
Ko'zlaring yoshlatib o'ksitma ko'nglim.
Bir bora meni ham aytganim qilgin,
Qaysarim Asalim Farishta Singlim.
Yig'latma bag'ri qon akang qiynalar,
Ko'zlarimdan tomchilar alamli yoshlar.
Boshimni silaguvchi qora ko'zligim,
Sansiz nima qilaman yolg'izman singlim.!