Turtkilarga ko'nikar, Bazan umidi cho'kar, Ko'zdan unsiz yosh to'kar, Otasidan ayrilgan.
Vafot etsa onasi, Zulmat bo'lar xonasi, Sho'r deydi peshonasi, Onasidan ayrilgan.
Yolg'izligi bilinar, Yurak bag'ri tilinar, Xo'p masxara qilinar, Qardoshidan ayrilgan.
Ko'p bo'lsa dardi uch kun, Qutuldim deydi tutqun, Aytar ,,o'tmasmi bugun'', Boyligidan ayrilgan.
Usell olar sim karta, Yo beelayn ilk marta, Coscomga o'tar shartda, MTS dan ayrilgan.
Har jabhada xiyonat, O'g'irlanar omonat, Yo'qotadi diyonat, Imonidan ayrilgan.
Majnunlar xo'p sarsondir, Chin muhabbat armondir, Sevgi yorga hijrondir, Sevgisidan ayrilgan.
Mozorgacha oh deydi, Ollohim guvoh deydi, Bunga yo'q gunoh deydi, Farzandidan ayrilgan.
Shoh bo'lsada taxtga zor, Hatto yarim baxtga zor, Shijoatu shaxtga zor, Vatanidan ayrilgan.
Netda deydi ,, nima bor Javohirdir aybdor'', Kunlar mazmunsiz bekor, Sherlar uzdan ayrilgan. Muallif: Ilhom Fayzullayev. Ayrimlar meni sher yozishda usta emas, sherlarimni mazmunsiz deb hisoblashadi. Shoir shunday sher yozishi kerakki u barchani qalbini zabt etsin. Meni sherlarim ko'nglingiz darachalarini taqqillata olmayotgan ekan bu albatta meni aybim. Sizlardan uzr so'rayman va bundan keyin yanada yaxshiroq ijod qilishga vada beraman.
|