Jonim seni bahtga to'lib sevgandim Gohi yig'lab, gohi kulib sevgandim Borim nima, jonim nima hattoki Hayotimni senga berib SЕVGANDIM!
Afsus o'sha damlar hayol bo'ldiku, Javobi yo'q dilda savol bo'ldiku Vujudimda yashayotgan muhabbat Sho'rlik qalbim ichra uvol bo'ldiku
Shumi bahtim men sho'rlikni bilolmayman Ichi-ichimdan yig'lab, chindan kulolmayman Na tirikman, na o'lib ham o'lolmayman Meni balki sevar kimdir, men endi sevolmayman
Senga ayon edi qalbim dardlari Senga bayon edi sevgim xatlari Ohim yetar hatto osmonu falakka Senga etmas ming faryodu dardlarim
Armonim shu qo'llaringdan tutmay sevdim G'unchagina labingdan bol ichmay sevdim Sevdim deya meni tashlab ketsang ham-ki Men bechora yo'llaringni to'smay sevdim
O'zga qo'llar silar endi sochlaring O'zga so'zlar maqtar ko'zu-qoshlaring Yuragimga otib isyon toshlaring O'zga lablar erkalaydi yuzlaring
O'tib ketti sensiz g'urbat kunlarim Qayg'ularim allalagan tunlarim Yoshligimdan armon bo'lgan sevgimga Bugun so'ngi kunim so'ngi so'zlarim