๑♥ SEVISHGANLARNING QAYSI TURIGA MANSUBSIZ? ♥๑ ღ 1. Sevgining o'zi nima, degan savolga qanday ta'rif bergan bo'lardingiz? α) Qalblarning o'zaro yaqinligi, bir-birlarini so'zsiz tushunishlari (0 ball) β) Muhabbat - bu muhabbat (3 ball) g) Doimo birga bo'lishga intilish (6 ball) ღ 2. Bir ko'rishda muhabbatga qanday izoh bergan bo'lardingiz? α) Haqiqiy muhabbatni yuzaga keltira oladigan olov (3 ball) β) Ikki kishining birdaniga "aqli" ketadi (6 ball) g) Bunga umuman ishonmayman (0 ball) ღ 3. Muhabbatning so'nmasligi uchun nima qilish kerak deb o'ylaysiz? α) O'zlarini tabiiy tutishlari kerak (6 ball) β) Bir-birlari bilan zerikib qolmasliklariga harakat qilishlari lozim (0 ball) g) Har taraflama bir-birlariga mos kelishlari kerak (3 ball) ღ 4. Deylik, bir-biringiz bilan janjallashib qoldingiz. Vaziyatdan chiqish uchun ikkovingiz yuzma-yuz gaplashib olishingiz shartmi? α) Ha, shundagina ikki tomonni ham qoniqtiradigan yechimga kelish mumkin (0 ball) β) Nima foydasi bor? Kelishmovchiliklar yuzaga kelayotgan ekan, demak, sevgi ham so'nib borayapti (3 ball) g) Keragi yo'q, yuzma-yuz gaplashish yanada ko'proq kelishmovchiliklarga olib kelishi mumkin (6 ball) ღ 5. Sevgilingizga siringizni yoki sizni qiynayotgan biron muammoingizni aytgingiz kelmasa, siz: α) O'zimni dunyoda yolg'iz qolgandek his qilaman (3 ball) β) Unga o'z muammolarimni yuklatishning nima keragi bor? (6 ball) g) Bu oddiy hol, bunday narsalarga umuman e'tibor bermayman (0 ball) ღ 6. Mehmondorchilik yoki bir kechada yolg'iz (sevgilingizning zarur ishlari chiqib qolganligi sababli kechaga kelolmagan) qoldingiz. Ko'zingizni bir yigitdan (qizdan) uzolmayapsiz, nazaringizda uni yoqtirib qolgandeksiz. Siz: α) U yoq - bu yoqdan gaplashishim mumkin, axir buning hech yomon tomoni yo'q-ku (6 ball) β) Yo'q, sevgan insonimni alday olmayman (3 ball) g) Bilmadim, bu haqda hech narsa deyolmayman (0 ball) ღ 7. Nima deb o'ylaysiz, sevgisiz bo'sa olish mumkinmi? α) Nima bo'pti? (3 ball) β) Kimdandir bo'sa olgim kelar ekan, demak, men u insonni sevaman! (0 ball) g) Yo'q, mumkin emas (6 ball) ღ 8. Sevgan insoningiz haqida o'ylar ekansiz, xayolingizga nimalar keladi? α) Oxirgi uchrashuvimiz (0 ball) β) Dengiz bo'yiga yalangoyoq yugurib yurganimiz (3 ball) g) Kelgusi uchrashuvlarimiz (6 ball)
ღ Javoblar ღ
₪ 0-18 ball ₪
Siz tabiatan ijodkorlarga xos fe'l-atvor egasisiz. Ular kabi ba'zida tabiat qo'ynida yolg'iz qolib atrofga razm solgingiz keladi. Shuning uchun bo'lsa kerak, sevib qolgach, hech qachon, hech kim ko'rmagan go'zal narsalarni yaratgingiz, gohida esa, samoga parvoz qilgingiz keladi. Sevgilingiz sizni so'zsiz tushunishi, qiyin damlaringizda yoningizda bo'lishini xohlaysiz.
₪ 21-33 ball ₪
Siz oshiqlarning romantik turiga mansubsiz. Munosabatlarning asl mohiyati - ruh va qalbning yaqinligida deb bilasiz. Sevgan insoningiz sizni yaxshi ko'rishini namoyon etib turishini, sizga doimo maftun bo'lishini istaysiz. Munosabatlardagi romantika esa, siz uchun nihoyatda muhim, ularsiz munosabatlaringizni tasavvur eta olmaysiz. Oldindan rejalashtirilgan harakatlar esa sizni zeriktirib qo'yishi mumkin.
₪ 36-48 ball ₪
Siz hissiyotlarga tez beriluvchan, jo'shqin kishilar qatoriga mansubligingiz sababli sevgi munosabatlarida siz uchun his-tuyg'u bilan bir qatorda hayajonning o'rni beqiyos. Siz takror va takror aytilgan hazillarga avvalgidek kulishingiz, qayta-qayta bir-xil taomni yeyishingiz, bir necha marotaba ko'rgan filmlaringizni yana tomosha qilishingiz mumkin. Har safar bu hisni yangidan tuyaverasiz. Sevgi munosabatlarida ishonch va xotirjamlik siz uchun juda muhim. Qalbingizga kirib kelgan hattoki eng qattiq his-tuyg'ular ham sizni muvozanatdan chetga chiqara olmaydi.
|