Главная » 2015»Январь»21 » Sevgi, mana shunaqa, yoxud Bir biringizni kechiring - Ahmad Ali Dilmurod
00:25
Sevgi, mana shunaqa, yoxud Bir biringizni kechiring - Ahmad Ali Dilmurod
Keling, musobaqa uyushtiramiz, kim eng baxtli bo'lish?! jin ursin, men aniq yutqizaman... mayli, siz harakat qilib ko'ring, menga ahamiyat bermang, siz o'zingizni o'ylang, musobaqani boshlaymiz, kim eng baxtli bo'lish...
Hozir eslasam, o'tmishdagi urushlar, hafagarchiliklar, shunchaki o'tib ketishi kerak bo'lgan ishlar ekan, lekin biz huddi kattalardek jiddiy qabul qilib yuboribmiz, endi esa huddi qariyalardek siqilib o'tiribmiz, yaqin kunlarda qabrga ham kirib qolsak kerak...
Sen uzur so'ramaysan, men uzur so'ramayman, g'urur uzur so'ramaydi, uzur uzur so'ramaydi...
Insonlar "Baxtsizlik" seriali bo'lyapti, biz undagi aktyorlarmiz deb o'ylashyapti, aslida esa, biz "Bilganingni qil" yoxud "menga desa baxtli bo'lmaysanmi" degan serialdamiz...
Sen kechirmaysan, men kechirmayman, g'urur kechirmaydi...
Meni tushunishim bo'yicha, bu yerda, hamma yerda eng asosiysi g'urur ekan-da?! demak, baxt keraksiz, oddiy, so'nggi o'rinda turgan narsa?!
Albatta yo'q! insonlarni, qalblarni, iste'dodlarni yerga kirgazib qo'yadigan, yerdan olib chiqa oladigan narsa baxt-ku?!
Ha mayli, yarashmanglar, boshqa, hali urushishga ulgurmagan yangi bir juft topib beramiz, sevmaysan, zato, urushmagansan, g'ururing bor-ku eng asosiysi, boshqa nima kerak?!
Manavi yelkangdagi dumaloqni ishlat, qayoqdagi jin urgur g'ururingni deb baxtsiz bo'lib o'tiribsan-ku, u ham shunday, g'ururshunos bo'lib o'tiribdi, meni maqolamni o'qishga balo bormi?! bor, uzuringni so'rab qo'y, kichik ozorlarni kechirmasak, insonmiz deb yurgan ekanmiz-da!!!
Sen sog'inasan, men sog'inaman, kechirim uzurni sog'inadi, shu qachon "uzur so'rar ekan", hozir kechirib yuboraman deb o'tiribdi...
Insonlar, o'ylab ko'ring, besh kunimiz bormi yo'qmi, ertaga yashaymizmi yo'qmi, keyin "o'tgan zamon felida" gapirib yurmanglar, qabrga qarab gapirib yurmanglar, seni sevardim, seni sog'inardim, seni kechirardim...
O'sha paytda, qabrda, sizning sevgilingiz emas, oddiy bir bandani suyaklari bo'ladi...
Iltimos, bir biringizni kechiring, iltimos...
Muallif: Ahmad Ali Dilmurod