Bor ekanu,yo'q ekan, Qadim, qadim zamonda, Foniy dunyo
tomonda, Go'zal tuyg'u bor ekan. Barcha inson ko'nglida
O'shal tuyg'u yasharkan Yuraklar bir bog' kabi, Go'zallikdan
yashnarkan Yetti osmon ishvasin, Bog'i eram mevasin, Tatib
lazzat olarkan, Davru davron surarkan, Inson umri nur
to'la, Ertak kabi o'tarkan, Shirin o'yga ko'milib
Tuyg'ular ju'sh urarkan. Yuraklar qanot yozib, Otashdek
porlab yonib, Rohatga to'ymas ekan, So'ngisi kelmas ekan.
Sevishganlar gulmisol, Barpo etib ko'rkamlik' Chehralari
nurvisol Bahtli hayot kecharkan. Kecha,kunduz,oy,yillar
O'tib asta oradan, Noshukurlik kelibdi, Insonga dust bulibdi.
Rashk,gumon,fitna,bo'hton Qo'shilib o'shal zamon,
To'lib ,toshib ketibdi, Misoli qora ummon. Osmonni bulut
bosib, Quyosh nurlarin to'sib, Yuraklarda behislik, Qora
zamon kelibdi. Ko'ngillar toshday qotib, Ishqin bo'htonga
sotib, Sevgilar hor bulibdi, Nurlar so'nib qolibdi.
Bir panada berkinib Durday ko'zyoshin to'kib, Sevgi yig'lab
turarkan, Insonlarga aytarkan: "Ayting nedir gunohim?,
Tuyg'uingiz panohim, Yuraklarni bog'layin, Yordam bergin
Allohim." Bir inson shunda unga: Kunim almashib tunga,
Zahmatlar chekib doim, Aylanib qoldim qulga. Seni deb
yonib yashab, Hayotimdan kechdim men, Barcha yumushim tashlab,
Majnun misol buldim men. Ne topdim ayt o'rniga?? G'am
alam,ham nadomad, Chekganim bir dard bo'ldi, Ko'rsatmading
karomat. Doim yurakda g'ashlik, "Sevgilim qayda ekan?,
Hozir kim bilan"degan?, Hayolimda bir tashvish. Bas
charchadim bu darddan, Kechdim men bunday bahtdan, Ko'zimdan
yuqol" debti G'azablanib alamdan. Sevgi ko'z yoshin artib,
Yana tilga kiribdi, Hursinib asta sekin, Ushal insonga debti:
"Men misoli guldirman, Ikkingiz ham keraksiz,
Biringiz suv bulsangiz, Ikkinchingiz nurdeksiz... Nur
bo'lmasa yaprog'im, Jonsiz so'lib qoladi .... Suv bo'lmasa
ildizim, Tolib qurib qoladi... Bir biringizdan gumon,
Ildizimda qurt kabi Gumonli bo'lsa sevgi Yurakda ishq o'ladi.
Seving, haydamang meni, Men jannatdan kelganman, Yuragingiz
nur qilib Saodatga chorlayman. Faqat inson kar kabi,
Unga parvo qilmabdi, Sevgi suzin tinglamay, Yuragidan
haydabti. Horu zorlikga qolib, Tugunin orqa solib,
Keta turib insonga, Sevgi shunday su'zlabdi: "Toshday qotdi
ko'nglingiz, Qonga to'lib ko'zingiz, Gumon,bo'hton bir
bo'ldi, Horlik topdi sevgingiz.. Bir kun kelib insonlar,
Meni suvday istarlar, Yolvorib kecha kunduz, Allohimdan
so'rarlar.. Barcha ko' ngil topganda, Noshukirlik
qildingiz, Tanlangan yuraklarga, Kelar endi sevgingiz.
Shul so'zlarni aytib u, Behos g'oyib bulibdi. Inson hayron
bulmasdan Yo'lin davom etibdi.. Ko'p zamonlar o'tibdi,
Inson sh'erlar to'qibdi, Sevgi haqida hatto Hikoyalar
bitibdi.. Lek sevgi endi faqat , Tangrim so'zin
tinglarmish, Gar buyursa unga Haq Yuraklarga kirarmish...
Tangridan so'rang,zero Yuragingiz yorishsin, Ruhingiz porlab
tanho Saodatga erishsin... Kumushbibi qullari ,
Tebratmadi qalamni, Balki uning yuragi, Kuyladi shul
qissani... Allohdan so'rasangiz U albatta beradi
Shubhasiz gar sevsangiz Sevgi albat keladi...
|