O‘zgacha qiyofada namoyon bo‘lgan Konchita Vurstning Eurovision—2014 tanlovida g‘alaba qozongani internet foydalanuvchilarining turli xil fikrlariga sabab bo‘ldi. “Sayyod” sayti bu borada o‘zbek san’atkorlarining fikrini e’lon qildi.
E’tiborlisi, “Toch v toch”da turli qiyofalarda namoyon bo‘layotgan Sevara Nazarxon Konchita Vurst haqida ijobiy fikr bildirgan:
“G‘olib haqida gapiradigan bo‘lsam, u mening kayfiyatimni ko‘tardi. Bundan avval ham Eurovision tanlovida jinsini o‘zgartirganlar ishtirok etgan edi. Masalan, Dana international ham g‘olib bo‘lgan. Turkiyada ham Byulent Ersoy degan klassik qo‘shiqlar ijrochisi bor. U ham avval erkak bo‘lgan. Fikrimcha, buni ham frik-shou kabi, odamlar gapiradi-yu unutadi”.
Sevara Nazarxon jurnalistning Eurovision’da o‘zbekistonlik san’atkorlarning qatnashishiga ruxsat berilsa, kim ishtirok etishi kerak, deb hisoblaysiz degan savoliga quyidagicha javob bergan:
“O‘zbekistondan Sherali Jo‘rayevni yuborish kerak. Mayli agar g‘olib bo‘lmasa ham, lekin butun Yevropa “Gulbadan”ni tinglab zavqlanadi”.
|