Yarim tun, bedorman bezovta yurak... Bugun so'nggi kun oxirgi imkon... Lahzalar berildi kutmoqlik chun... Jonim seni ko'rmay o'lolmayapman...
Dardim aytib senga, yig'lolmadim man... Quvonchda yoningda kulolmadim man... Bag'ringga boshimni qo'yolmadim man... Yoningda yor bo'lib qololmadim man...
Hayollarda yashab - hayotim bo'lding... Menga armon bo'lgan - baxtlarim bo'lding... Qalbdagi orzular - ro'yobin bo'lding... Ko'zlarim ko'rmagan - gunohim bo'lding...
Yoring bo'ldi, go'zal sanam muborak... Ko'zlari shahlo misli malak muborak.. Oppoq libosda u endi kelinchak... Mening qalbim yig'lagan kunda Azobim... Baxting muborak...
agar iloji bulsa shuni Ozodbek Nazarbekov qo'shiq aytib kuylasa,bundanda chiroyli bo'lardi.Gap yo'q.Sherlar.uzda eng zo'r iyun oyining top 10ga qo'shsak bo'ladi...xudo xohlasa iyundi 30chisida Uzoq Sharqliklar sherlar.uzda top 10 natijasini e'lon qilamiz.Demak,1chi 10talikka "bahting muborak" nomzodi kiritildi.Yana 9ta sherlar kutib qolamiz,Sherlar.uzda.:-)
Umidabonu Hayotizdan Sher Yozibsiz Juda Chiroyli Qilib. Endi Kelajakdagi Hayotingiz Ham Mana Shunday Chiroyli Gullarga To'lsin Yonizda Sizni Sevadigan Sevimli Yoringiz Bo'lishini Tilayman