Oddatda ayrim mahsulotlarni ko'p yesangiz xam semirmaysiz, lekin ayrimlarini kunda yeb tursangiz vazningiz nihoyatda ko'payib borayotganini guvohi bo'lasiz. Nega unday? Aslida mahsulotlarning kalloriyasi bunga sabachidir. Yuqori kalloriyalik mahsulotlar semirish uchun oson imkoniyat tug'diradi. Bunday mahsulotlarga nimalar kiradi:
Agar siz ozmoqchi bo'lsangiz o'zingizni och qoldirib qiynamang. Iste'mol qilayotgan mahsulotlaringiz orasidan yuqori kalloriyaga ega ekanlarini olib tashlang, yoki kamaytiring.
Eng yuqori kalloriyaga ega bo'lgan mahsulotlarga nimalar kiradi:
- O'simlik yog'i
- Sariyog'
- Jizza
- Dumba yog'i
- Cho'chqa yogi va go'shti
- Kolbasalar
- Yong'oq va danaklar
- Shokolad
- Kremli tort va pirojniylar
Keyingi qatorda kalloriyasi bir oz pastroq bo'lgan mahsulotlar:
- Yog'liq mol go'shti
- Qo'y go'shti
- Sosiskalar
- Sardelkalar
- Parranda mahsulotlari
- Sirlar
- Smetana
- Tvorog
- Baliq turlari
- Ikra
- Non
- Makaron
- Shakar
-Asal
-Varenye
Kallriyasi o'rtacha bo'lgan mahsulotlar:
-Yog'siz yuqori sifatli qo'y va mol go'shtlari
- Ot go'shti
- Jo'ja
- Tuhum
- Yo'g'siz parranda go'shti
- Selyodka
- Osetrina
- Yo'gsizlangan tvorog
- Yogurt
Kalloriyasi past mahsulotlar:
- Sut
- Kefir
- Qatiq
- Qumis
- Sudak
- Treska
- Mevalar
- Yashil noxot
- Karam
- Kartoshka
- Sabzi
- Lovlagi
- Turup
Kallriyasi juda past bo'lgan mahsulotlar:
- Kabachok
- Karam
- Bodring
- Salatlar
- Pomidor
- Peres
- Qovoq
- Qo'ziqorin
- Klyukva (cranberry)
Bir qator foydali maslahatlar:
Salatlar tayorlaganingizda ozmoqchi bo'lsangiz ularni yog' yoki mayonez bilan emas, balki soya sousi yoki uksusli sous bilan aralashtiring.
Ozish payti ko'p suyuqlik ichish lozim.
Guruchni oqidan ko'ra jigarrangdagisi kamroq semirtiradi.