Salom Mening Xech Kimim - Sizni Juda Kutgandim. Qalbimdagi Yolqinim - Vujudimni Tutganda, Salomlashdik Dil Yonib - Tortinib Jur'atlardan. Ikkimiz Ham Bezormiz - Ortiqcha G'iybatlardan, Sizni Tanir Oilam - Faqat Ayttin Xech Kim Deb. O'rtar Betinim Sitam - Xuddi Bizlar Xech Kimdek, Bilasizmi Xech Kimim - Sizni Doim Eslayman. Shodlikda O'tsa Kunim - Va G'amda Unutmayman, Ko'plarga Boqdim Biroq - Kimga Yoqdim Yoqmadim. Yuragimga Yaqinroq - Sizdan O'zga Topmadim, Ozor Topsa Yuragim - Dildan Sizga Suyandim. Olisligingiz Eslab - Yolg'iz O'zim Kuyardim, Sizga Aytsam Sirlarim - Tushimda Barmog'ingiz. Ko'zlarimga Surardim - Lablarimga Bosardim, Tushda Ko'rmoq Gunohmi - Bilolmay Bo'ldim Hayron. Ixtiyorsiz Gunohdan - Hayol Sochildi Har Yon, Shunday Gaplar Xech Kimim - Sizda Axvollar Qalay. Hayotta Topib O'nim - Baxtlidirsiz Har Qalay, Indamaysiz Tan Olib - Dilingizda Dardlar Ko'p. Aytar So'zingiz Qolib - Aldaydigan Gaplar ko'p, So'z Ochmaysiz Sevgidan - Go'yo Bizga Begona. Ishni O'ylaymiz Har Dam - Ish Ko'prikdir Yagona, Yana Shitobla Ketib - Nelardandir Qochdik Biz. So'ngda Qadriga Yetib - G'am Kitobin Ochdik Biz, Ketar Chog'i So'zingiz - Nenidir Aytmay Qoldi. Ko'zingizda Nur O'rnin - Yana Tubsiz G'am Oldi, Siz Aytmaysiz Men Ham - Jim Bilmaganga Olamiz. Keyin Aytarman Deya - Yana Galga Solamiz, Necha Yilki Shu Axvol - Barcha Gapdan Qaytilmas. Ikki Og'iz So'z Malol - Keraklisi Aytilmas, Kech Ham Kirib Qolibdi - Uyga Chopishim Kerak. Kun Salqinlab Qolibdi - Sizga Ham Orom Kerak, Bu Raqamim Manzilim - Lek Qo'ng'iroq Qilmaysiz. Biz Taqdirning Hazili - Siz Hazilni Bilmaysiz, Mayli Xayr Xech Kimim - Ko'rishguncha Xech Kimim.