Главная » 2015»Январь»1 » RWC kompaniyasi Perfectum’ni Mobile’siz qoldirdi
09:59
RWC kompaniyasi Perfectum’ni Mobile’siz qoldirdi
31.12.2014 // Texnologiyalar RWC kompaniyasi Perfectum’ni Mobile’siz qoldirdi
O‘zbekiston mobil aloqa bozorida Perfectum Mobile brendi ostida xizmat ko‘rsatuvchi Rubicon Wireless Communication (RWC) kompaniyasi o‘z savdo belgisini o‘zgartirdi. Bu haqda “12news.uz”ga tayanib, “Kun.uz” xabar bermoqda. Shu vaqtgacha Perfectum Mobile savdo belgisi bilan tanilgan kompaniya endi o‘z xizmatlarini Perfectum brendi ostida ko‘rsatadi. Bundan tashqari, kompaniyaning firma stili ham o‘zgarib, o‘ziga “Bugun! Har doim!” shiorini tanlagan. Infocom.uz’ning yozishicha, kompaniya saytida rebrending haqida axborot berilmagan. Saytdagi e’longa asosan, 29- dekabr kuni Toshkent shahrida Perfectum’ning yangi markaziy ofisi ochilgan. Ma’lumot uchun, 1995-yil tashkil etilgan RWC kompaniyasi 1997-yildan raqamli D-AMPS standartida, 2004-yildan esa CDMA standartida xizmat ko‘rsatib keladi.