Главная » 2015»Январь»8 » Rossiyada musulmonlar uchun namoz vaqtlarini eslatib turuvchi telefonlar sotuvga chiqarildi.
14:23
Rossiyada musulmonlar uchun namoz vaqtlarini eslatib turuvchi telefonlar sotuvga chiqarildi.
Rossiyada musulmonlar uchun mo‘ljallangan ilk telefonlar sotuvga chiqarildi. Bu haqda Rossiya musulmon ayollar ittifoqi raisasi Nailya Ziganshina ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Qora, yashil va to‘q qizil ranglarda chiqarilgan telefon tugmali klaviatura, 1,3 megapikselli yoritgichli kameraga, radio, Bluetooth, GPRS, 64 Megabaytlik ichki xotiraga ega. Rossiya musulmonlari markaziy diniy boshqarmasi rahbari Timur Imayevning so‘zlariga ko‘ra, telefon xotirasiga arab tilidagi Qur’on kitobi va uning rus tilidagi ma’nolari tarjimasi joylashtirilgan.Telefonning narxi 1900 rublga teng.Qulay menyu suralarni tezda almashtirib, kerakli matnga o‘tish imkonini beradi. Shuningdek, telefonga namoz vaqtlarini eslatib turuvchi dastur o‘rnatilgan bo‘lib, u foydalanuvchi joylashgan mamlakat va shahar haqidagi ma’lumotlarni yangilaydi va besh vaqt namozning vaqtlarini sozlab, ularning boshlanishi haqida ovozli signal orqali eslatib turadi.