Nufuzli «Fors» jurnali Rossiyaning 200 nafar eng boy biznesmenlari ro`yxatini e`lon qildi.
jurnal ma`lumotiga ko`ra, bir yil ichida rossiyalik milliarderlar soni beshtaga kamayib, 96 nafarga tushib qolgan. 200 nafar biznesmenning jami boyligi 446,3 milliardni tashkil etdi, bir yil avval esa bu raqam 498,6 milliardga teng edi. Shuningdek, ro`yxatning o`tgan yilgi etakchisi Vladimir Lisin o`rnini Alisher Usmonov egalladi.
«Metalloinvest» asoschisi va «Gazprominvestxolding» bosh direktori Alisher Usmonov bir yil ichida boyligini 17,7 milliard dollardan 18,1 milliard dollarga ko`paytirishga muvaffaq bo`lgan.
Ro`yxatning ikkinchi o`rnini Novolipetsk metallurgiya kombinati sohibi Vladimir Lisin egallagan. Bir yilda uning boyligi naq 8 milliard dollarga kamayib, 15,9 milliard dollarga tushib qolgan.
Ilk uchlikning oxirida «Severstal» sohibi Aleksey Mordashov bor. Endilikda uning boyligi o`tgan yilgidek 18,5 emas, balki 15,3 milliard dollarga teng.
Ro`yxatga, shuningdek, Vladimir Potanin ($14,5 mlrd), Vagit Alikperov ($13,5 mlrd), Mixail Proxorov ($13,2 mlrd), Mixail Fridman ($13,4 mlrd), Viktor Vekselberg ($12,4 mlrd), Roman Abramovich ($12,1 mlrd) va Leonid Mixelson ($9,1 mlrd) ham kiritilgan.
Deni Bajaev endigina 16 yoshda, biroq uning boyligi 750 million dollarni tashkil etadi. U ham «Forbs» ro`yxatidan joy olgan.