Madridning "Real” klubi yozgi transfer bir qator futbolchilarning transferini sotib yuborish orqali mo‘maygina pul ishlab olishi mumkin. Bu haqda "Marca” nashriga tayanib sports.ru xabar bermoqda.
Klub prezidenti lavozimini egallab turgan Florentino Peresning rejasiga ko‘ra, jamoa futbolchilarning savdosidan 100 million yevro foyda ko‘rishi lozim.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Real” Antonio Adanni 2 million, Fabio Koentrauni 18 million, Pepeni 20 million, Anxel Di Mariyani esa 25 million yevroga sotib yuborishni rejalashtirayotgan ekan.
Madrid klubi bu bilan to‘xtab qolmoqchi emas. Ular Kaka (10 million yevro) va Gonsalo Iguainni ham transferga qo‘yishi mumkin. Jamoa rahbariyati aynan argentinalik Iguainning transferidan nisbatan kattaroq foyda ko‘rmoqchi. Ular Gonsaloning 30 millionga baholashmoqda.