Muazzinning tongi ma’sum allalagan ovozi ostida yangi bir tong kirib keldi.. Rashidjon tongda mushtoq ko’zlarining cheksiz samoga tikar ekan,yelkasiga doim tushib turadigan va o’ksigan damlarida uni yashashga bo’lgan ishonchini chandon orttiradigan onasini esladi.. Oradan shu tahlid bir hafta vaqt o’tdi..Endilikda odamzod baribir hamma narsaga ko’nikar ekan-da,ostonaga Rashidga sabr tilab kelguvchilar soni ham siyraklasha boshladi.. Moxiraning bu orada bo’lari bo’ldi..Uydagi ma’rakalarda ham qo’shnilarning nigohiga dosh berolmay yurdi.. Oxiri honasiga berkinib olishni odat qildi.. Rashidjon esa erta tongda biroz pul oldi-da,ro’zg’orga kerakli narsalarni olish uchun bozorga yo’l oldi.. Bozor ertlabdan gavjum edi..Har hil insonlar,har hil maqsadlarni ko’zlab bozorga qadam qo’yishadi..Odamlar oralab bozorni aylanayotgan Rashidjonning yelkasiga kimdir qo’lini qo’ydi.. Alanglab ortiga qaradi.. -Voooy og’ayni qalaysan..? Rashid tanidi..Bundan ancha oldin,birga biroz ishlashgan oshnasi turar edi qarshisida… -Rahmat,yahshiman..! Oshnasi Rashidning tushkun kayfiyatidan hayron bo’lgancha,hech narsadan behabar savol berishda davom etdi.. -Og’ayni chalish..nimaga yo’q bo’lib ketding..!?Sen yo’qligingda bu yerdagi bo’lgan narsalardan butkul habaring bo’lmasa kerak..! Rashid birdan sergak tortdi..: -Qanaqa narsa haqida gapirayapsan?Tushuntiribroq gapir..! Haligi yigit unga hayron nigohini tashlab so’z boshladi..: -O”rtoq hafa bo’lmagin-u,seni Rossiyaga ishlashga ketgan deb eshitdim..! -Xa ketgan edim,shunga nima bo’libdi..?!gapinga umuman tushunmayapman..qisqa qilgin..! Rashidning endi bu gap chaynayotgan oshnasidan rostmanasiga jahli chiqa boshladi.. -Namuncha o’pkangni bosib olgin..!Menga bu yerda o’shqirgancha xotingni boshqalarni bag’ridan tiyib olgin..! Haligi yigitning tilidan shu gap uchib chiqib ketganini ham sezmay qoldi..Rashidning uni bo’ynidan bug;moqchi bo’lgan qo’llari bo’shashib tushdi.. Haligi yigitning "shoshma”degan gapiga ham parvo qilmasdan odamlar orasidan ko’zdan g’oyib bo’ldi.. Rashidni butun bujudini Isnod degan tuyg’u o’z otashida chunon kuydirar edi-ki.unga chidam bera olmasdan azoi badani qaqshardi..Bu shunchaki biror darddan emas,balki qalbida o’z javobi bilan mavhum bo’lib qolayozgan savollariga javob istagi bo’lgan,chekisiz alamlar istimasi edi.. Rashid uyga qanday yetib kelganini ham bilmaydi.. Uyga eshikni shasht bilan ochgancha kirib keldi..Moxira esa o’z honasida o’tirgan edi.. Moxiraning yuragi bir mudhishlikni sezdi.. Eshikni ochishi bilan yuziga tushgan kuchli tarsakining zarbidan yerga yuztuban yiqildi.. Rashid uning sochlaridan changallab: -Iflos…Meni isdonga qoldirding..! dedi Moxiraning kuchi esa yig’idan boshqa narsaga yetmadi..Uning qaysidir kimsalar og’ushini quvonchga ko’mgan shaxlo ko’zlari.allanechuk mudhish va jirkanch bir holatni kasb qilgan edi-ki,Rashidning qo’llari uni bug’ib so’rayotgan.savollariga javoblar esa Aynan o’sha fahshga botgan mudhish tunlari qo’ynida yo’qolib qolgan bo’lsa ne ajab..! Rashidning ko’zlaridan esa unga berayotgan savollari bilan birgalikda tinimsiz yosh oqar Moxiraning nima uchun bunday qilganini esa o’ylab o’yiga ham yeta olmas edi.. -Ablax,seni deb men ketgan edim..Tushunayapsanmi seni deb..!?Qaysi yuzing bilan mening nomimni bulg’ab dayusga aylantirding..Ayt fohisha…! Qo’ni qo’shnilar Rashidning uyidan kelayotgan shovqindan sergak tortishdi..Mohiraning bahtiga Rashid eshikni qulflashni yodidan chiqargan edi..Qo’shnilar yetib kelib Rashidni qo’llarini Moxiraning bo’ynidan zo’rg’a bo’shatishdi.. Rashid holsizlanib stolga o’tirib qoldi..Alamdan "dood "deb yig’lar edi Rashid..Ko’ksidagi Onasini shu Fohishaga ishonib qoldirganidan paydo bo’layotgan iztirobning zardoblari ayqash c chuyqash qilar edi.. -Yo’qol iflos…Jirakanch yuzingni ortiq bu yerlarda ko’rsatma..Agar yana yo’limdan chiqsang qasam ichamanki seni bu dunyodagi so’nggi kuning o’sha bo’ladi..Shuni unutma degan so’zlar rashidning bo’g’zidan chiqqan oxirgi so’z bo’ldi..
Oradan Yetti yil vaqt o’tdi… Bu orada qo’ni qo’shnilar ham,yon atrofdagi tanishlar ham Rashid haqida eshitishmadi..Uning Rossiyaga ketgani haqidagi mish mishlar ham biroz bolalab so’ng yo’qoldi..Rashid odamlar uchun unut bo’lgan kunlarning birida qo’shnilar Rahmatli Oftob ayning uyida chiroq yonganini payqashdi…Eshikni taqqilatgan yon qo’shni esa ostonada Rashidni ko’rib hayajonini yashira olmadi.. Rashidning ortida esa Soniya shirin jilmaygancha turar edi..Uning qo’llarini ushlab turgan shiringina bolakay esa nimalar bo’layotganiga aqli yetmasdan qo’lidagi o’yinchog;ini mahkam tutib turar edi.. Ertasi kuni hayit oldingi Arofa kunidan esa Rashid o’z oilasi bilan Oftob ayaning qabrini ziyorat qilgani mozoratga yo’l olishdi… Rashid qo’llari bilan qabrni quchoqlagancha ukrab yig’lar edi..Tilidan esa hatto bir jumla ham uchmas edi.. Soniya esa Erining bu holatidan ko’zlaridan yosh chiqib ketgancha bu manzaraga hayrob boqib turar edi.. Rashid yuziga fotiha tortib bo’lgach esa,qabrga ahamyat berdi.. Qabr ustida Rayhonlardan yasalgan dasta turar edi..Uni kim qo’yganligini aqli yetmasdan Rashidjon hayrob bo’lib qabristonni tark etarkan ortiga yoshli ko’zlari bilan qarab qo’yar edi.. To’siq ortida esa,yupungina kiyingan,Yuzlari og’ir mehnatdan qorayib ketgan,bukchayib qolgan bir ayol hira ko’zlari bilan Rashidni kuzatar ekan,yerga o’tirgancha ayovsiz yig’lar edi.. Bu o’sha…Moxira edi..Onaning fahsh to’la hayotiga qaytgan va fahsh ishlari oqibatida o’zida og’ir jinsiy hastalikni yuqirib bedavo dard oqibatida hayotining so’nggi kunlarini instizor kutayotgan o’sha Moxira edi… Yon atrofdan o’tib qaytayotgan odamalar,esa uni oddib bir gadoy deb o’ylagancha boshlarini chayqashgancha o’tib qaytishar edi..
Erta bahor kunlarida yog’a boshlagan oppoq qor esa,Moxira tashlab ketgan Oftob ayning qabri ustida turgan Rayhon barglari ustiga ohista qo’nar..Bo’ralab yog’ayotgan qor esa Oftob ayaning ro’higa taskin berayotgandek shoshilmasdan yog’gancha Rashid va uning oilasini ko’zdan pana qilshga benihoya tirashar edi..
Ko’p qaramang mening ortimdan, Ro’hingizga bering halovat..! Onajonim uhlangiz tinchroq..! Ro’hingizga qilgum tilovat..!
T A M O M
Muallifdan hotima o'rnida :Azizlar ushbu asarni yaratish jarayonida barcha detallar va haqiqatlar to'g'risida anchagina ijobiy va sabiy fikrlar ham bo'ldi..Balkim meni kimlardir bu asarlarda bitilgan ishqiy sahnalar borasida har hil buzuq tasovvurlar berishdi..Ammo men shuni aytmoqchiman-ki,bunday yo'nalishli asar bilan men shuni aytmoqchimanki Hammamis o'z onamizni qadriga tirikligida yetaylik..Atorfimizdagi odamlarga beparvo bo'lmaylik..BU dunyodaga insoniyatga beriladigan bir martalik umrda barchamizni yaratgan Alloh bunday tahlid noinsoniylikdan asrasin.. E'tiboringiz uchun rahmat deb Sizlar bilan EL_SHaFeY birga bo'ldi...