Rashidjon g’azab bilan koridor boshiga yetib keldi..O’ng tomonga burilayotgan edi,narigi eshikni olidida haligi doktor kim bilandir gaplashib turganini ko’rib qoldi.. Doktor qandaydir bir ayol bilan gaplashayotgan edi..Quloq soldi.. -Singlim,meni to’g’ri tushuning buni umuman iloji yo’q..Meni hijolatga qo’yayapsiz..!! -Iltimos,doktor..Faqat bolamni hayotga qaytaring..O’tinaman sizdan..!! Ayolni ko’zlaridan marjon marjon bo’lib yosh oqar,”Rahmdil va Oqil” doktor esa,unga nimlarnidir tushuntirishga harakat qilar edi.. -Tushuning,bunaqa dorilar bizni kasalxonamizda yo’q..Bu narsani umuman ijoji yo’q..Men bunaqa dorilarni topa olmayman..!! Ayol qo’llari qaltirab.qulog’idagi ziragi va qo’lidagi uzugini yechib.doktorni qo’liga tutkazdi.. -Iltimos ukajon..!!O’timan sizdan.meni bor yo’g’I shu..!!Bundan boshqa hech narsam yo’q..!! Doktorni tund cheharasi biroz yorishgandek bo’ldi.. -Bo’ldi..Siz siqilmang..SHu ayollarning ko’zlaridan yosh oqsa chiday olmayman-da,faqat meni to’g’ri tushuning sizga chin dildan yordam berayapman..Agar boshqa inson bo’lganida umuman qaramasdi ham..! Doktor ayolga joyida kutib turishini tayinlab,koridor bo’ylab honasi tomonga keta boshladi.. Rashidjon esa qiziqsinib,uni ortidan kuzatib ketaverdi..Yo’l yulakay ustiga oq halatlardan birini ilib olishni ham unutmadi.. Doktor xonasiga kirib ketdi..Rashid biroz tashqarida kutib turishga qaror qildi..Doktorni qanday yo’l tutishiga chunon qiziqar edi-ki,ayni damda undagi qiziqish ro’hini egallab olayotgan edi.. Doktorni kuzatish asnosida g’aza bilan tishlarini g’ijirlatib kutar edi.. Doktorni honasiga allaqanday kelishgan hamshira juvon kirib ketdi..Rashid qiziqsinib ichkariga kalit tirqishidan mo’raladi..Vaqt esa tungi 12:40 lar oralig’I bo’lgani sababli.asosan hamshira va kasalxona xodimlari,pastki reanimatsiya honalarida kuymalanib yurishgani bois,doktor kabeniti joylashgan tomonda aytarli hech kim yo’q edi..SHuning uchun ham Rashidjon uchun imkoniyat bisyor edi.. Ichkarida esa quyidagi holat bo’layotgan edi.. Doktor ichkaridagi hamshira qizni belidan quchganicha erkalar edi.. -Jonim,kuni bo’yi qomatingga qarab ko’zlarimiz to’rt bo’lib ketdi-ku,mundog’ sog’intirmasdan bizni honamizni ham ziyorat qilib tursalar nur ustiga a’lo nur bo’lar edi.. -Qo’ysezchi..?!Nozli qilpanglagancha hamshira qiz uni bag’riga suqilar ekan.. -Asalim..Senga bir sovg’am bor edi..Doktor cho’ntagini kovladi va u yerdan haligi ayol bergan tilla uzukni hamshira qizning barmog’iga taqib qo’yarkan.. -Vuuuy,nimaga endi ..!!Yomonam ayollarga hushomad qilishni qoyillatasiz-da asalim..!! Dediyu doktorni yuzidan cho’lpillatib o’pib oldi.. Rashid esa g’azabini arang bosib turar edi.. Doktor engashib hamshira qizdan bo’sa olishga harakat qila boshladi.. -Unaqa qilmaaanggg..O’tgan safar ham shunqa qilgan edingiz erimdan boshim baloga qolay dedi..Arang baxona qildim o’ziyam… -Namuncha o’sha landovur erring bilan yashab nima foyda topding..!Buncha o’shani o’ylaysan.?!Mundoq sevgilingga ham vaqt ajratsang yahshi bo’lar edi..dedi doktor.. -Vuuuy,bilmaysizda..U landovur bo’lsa ham meni erim..Siz bo’lsangiz sevgilimsiz..Bilasiz-ku,ayol ham erkak ham uydan topa olmagan narsasini ko’chadan qidiradi..Shungayam hayron bo’lasizmi jooonim…Hamshira qizning erkalanishlariga barxam berishga tushib ketdi Doktor janoblari.. Bu vaqtda esa Rashidjon cho’ntagidan uyali telefonini olib suratga tushirishni boshlab yubordi..Harqalay telefon kamerasini kalit tushadigan tirqishga mo’ljallab tursa binoyidek video chiqar ekan..Buni bemalol amallayotgan Rashidjon miyg’ida kulib qo’ydi.. Uning ayni vaqtdagi kulgusida nafrat ham mujassam edi.. Hamshira juvon bilan doktor obdon ishq o’yinlariga berilib ketishdi..Doktor eshikni qulflashnu unutgan ekan..Rashidjon aparatini cho’ntagiga soldi-da,eshikni tezlik bilan ochdi.. Hamshira juvon qo’rqib ketganidan ustidagi halatini yopinib oldi..Doktor ham nima qilishini bilmay qoldi.. -Haaaa,janob doktor..Odamlardan yulgan pulingni maishatga ishlatayotgan ekansan-da..?! -Tttt tushunmadim…Bu yerda nima qilayapsan..?! Doktorning ko’zlari qinidan chiqqudek bo’lib baqa kabi qotib qolgan edi.. Rashid esa uning bunday holatidan foydalanib uni siquvga olishda davom etdi.. -Buni ustiga esa,Birovlarni hotinini jazmat qilishga ham ulgurdingmi,iflos..?!! Juvon boshini ham halati ichiga burkab oldi.. -Nnnima deyapsan tirrancha..?!Sen bu yerga kelib nima meni qo’rqitmoqchimisan..Hozir adabingni berib qo’yaman deb Doktor o’rnidan turib Rashidga hezlandi.. -O’zingni bos doktor..!Nima meni gaplarimda asos yo’qmi..?!Unaqada bu juvonni hotinim deyarsan..?Yoki men adashayapmanmi? Doktor g’azab bilan qo’llarini Rashidning bo’yniga tiradi..Rashid esa, -Xxxx…Menga qara doktor..Yo meni shartlarimga ko’nsan,yoki sen tushgan foto,va ajoyib kliplar seni va mana bu manjalaqining uyiga yetib boradi..O’ylab ko’r..!! Yuzini hamshira tomonga burib:”Honimcha,sizni fotolaringizni o’sha landovur eringiz ko’rsa o’zini erkakligini sizga isbotlashiga ko’zim yetadi..Siz ham o’shanda haqiqiy erkak qanaqa bo’lishini bilib olsiz "dedi.. Doktorning qo’llari bo’shashib tushdi..Stulga behold o’tirib qoldi-da,”Gapir "deb ishora qildi.. Rashid esa bamaylihotir narigi stolni uni ro’parasiga qo’yib so’zni boshladi.. -Sen meni tanigan bo’lsang kerak..Men o’sha onasini olib kelgan yigitman..Aynan sen har hil bahonalar bilan bir kambag’alni honadonini yulgan o’sha yigitman..!!Endi meni bitta savolimga javob ber..Meni-ku,yulding..Lekin haligi ayol-chi..Uni ham bor yo’g’ini og’ir kuni yulib olding..Sen qanday doktor bo’lding-ki,odamlarni bunday tahlid dardini oladigan…Buni ustiga birovni juftini qo’yniga kiradigan-a..!!Sen odamlarni davolaysanmi yoki ularni cho’ntaginimi..? Gapirrrrr…!! Doktor uning bu o’shqirishidan cho’chib tushdi..U bunday holatda asirlikka tushgan qo’ydek yuvosh tortib qolgan edi-ki,har qanday hukmni o’tkazish mumkun edi.. Doktor javob bera olmadi..Boshini ham qilgancha o’tiraverdi.. -Javob bera olmaysan-a ablah..!!Buning uchun senda ozgina til yetishmaydi holos..Sendakalar nafaqat men balki jamiyat uchun ham ortiqcha..Tushunayapsanmi ortiqchasanlar..Odamlar senlardan shifo tilab kelishadi..Senlar esa uni dardiga malham bo’lishni o’rniga bir biringni qo’ynigga kirib yuribsanlar..!! Endi gapimni diqqat bilan eshit..Boya senga men keltirib bergan dorilarni narxi.,1200 000 so’m edi..Sen esa shularga bitta "nol”qo’shib qaytarasan..Tala yo pullar yoki seni obro’ing va oilang..!!Ikkisiga ham arzimasang ham senga men imkoniyat beraman.. Doktor "ho’p”ishorasini qilishdan boshqasiga yaramadi.. O’rnidan turib seyfni ochdi-da seyf ichidagi pullarni olib Rashini oldiga qo’ydi.. Rashid pullarni chamaladi..O’zi aytgan chamaga yaqinlagan edi chog’I har holda pullar orasida valyuta ham bor edi.. -Ana bo’larkanu,aqilli insonlarga o’hshab yo’l tutsangiz.. Pullarni o’sha yerda yotgan yelim haltaga joyladi..So’ng esa eshik tomonga yurdi-yu,nimadir esiga tushgandek ortiga qaytdi.. "Esimdan chiqibdi oyimcha..!Seni qo’lingdagi uzuk seniki emaski.?!Afsusdaman..Bu safargi dam olishing tekinga tushadigan bo’ldi..”Sovuq kulganicha honani tark etdi.,. -To’xta..haqqingni olding..Endi syomkalarni o’chirib tashla..! Ortga burildi-da,”Bular garov sifatida menda qoladi..Seni sasimashingga kim kafolat bera oladi..Shuning uchun meni ahmoq qila ko’rma..Menga yana kerak bo’lishing mumkun” Eshik taraqlab yopildi.. Rashid qo’llaridagi pullar bilan chiqib borar ekan,quvonishini ham hafa bo’lishini ham bilmas edi..Karidor oxirrog’idagi halig uzugini bergan ayolni oldiga keldi-da.. -Opajon..Mana uzugingiz..Siz faqat yaratgandan so’rang najotni..Osiy bandalar esa jon berishga qodir emas..!! Ayol uzuq va ziraklarini qo’liga olar ekan Rashidning ortidan hayron boqqancha qolar edi.. Davomi bor.. Muallif:EL_ShaFeY(Erkinbek Samandarov)
|