![](http://www.sherlar.uz/_nw/158/s07955575.jpg) Ko’ngli og’darildi bu hiddan..Lekin Oftob aya biror nima deyishdan andisha qildi.. Indamadi… Eshikdan tashqariga chiqqandan keyin ko’ksini to’ldirib nafas oldi-da,pastga tushib ketdi.. Ming bir hayollar,har hil shubha gumonlar ichida uyga yetib kelganini ham bilmaydi.. Uyga kirib,to’g’ri Rashidning honasiga kirdi.. Rashid hali ham o’sha alfozda ko’zlarini yerga tikkancha o’tirar edi.. Yoniga o’tirdi..Ona baribir ona ekanda..Yuragida unga nisbatan mehr tuyg’usi hali ham o’chamagan edi..SHuning uchun Rashidni boshini ko’ksiga qo’yib: -Hafa bo’lma Rashidjon..Bo’lgan ish bo’ldi..Men ular bilan gaplashib keldim. Hammasini hal qildik..Onasi bilan kelshib..2 haftadan so’ng to’yni qiladigan bo’ldik.. -Rashid boshlarini g’amgin qimirlatgancha qimirlatib qo’ydi.. Ertasi kuni ertalab Oftob aya yig’ib qo’ygan nafaqa pullarini hisoblab ko’rdi.. Lekin to’y o’tkazadigan chamaga yetishiga ancha bor edi.. "Qayerdandir pul topishim kerak..Rashidjonni to’yida axir,,bu pul hech nima bo’lmaydi-ku..?! Nima qildim-a.?Barcha pulimni yig’ishtirib chiqdim..Hatto o’limlikka deb qo’ygan jamg’armam ham yaqinlashmayapdi hatto..Nima qilsam ekan-a !”Shu tahlid o’ziga o’zi savol berib o’tirganiga hayoliga bitta-yu,bitta amakisining o’g’li keldi..Uning ayni damda qarindosh urug’laridan eng yaqini shu edi.. O’rnidan turib ust boshini tuzatish asnosida undan qarz so’rab turishga qaror qildi.. Nihoyat Oftob aya amakivachchasining eshigi qarshisiga yetib keldi.. Eshik qo’ng’irog’ini bosgan edi..Lekin eshikni hech kim ochmadi..Eshikni taqqillatdi.. Besh olti marotaba bu ishni qilganidan so’ng charchadi..Eshikka chiqaverishdagi zinaga holsiz cho’kdi.. Ikki soatlar chamasi o’tgandan so’ng.Pastdan qadam tovushlari eshitildi..Oftob aya sergak tortdi.. Ro’molini to’g’riladi.. -Iyaaa,Oftob opa..Bu yerda nima qilib o’tiribsiz..?! Oftob aya,amikivachchasi bilan quchoq ochib ko’rishdi..Uni yonidagi xonitini bilan ham obdon so’rasha boshladi.. -Bo’ldi,bo’ldi..!Xozir qarab tursam..Ikkalangiz shu yerda o’triadigan..Men esa ichkariga kirishni taklif etardim xonimlar..! Ichkariga kirishdi..Oftob aya o’rindiqqa joylashib o’trib oldi-da,so’z boshladi.. -Niyatjon..Bilasanmi..?Men bir tashvish bilan oldingga kelayotgan edim.. -Qanday opa..?Agar qo’limdan kelsa bajonu dil..Bajaramizda sizning yoningizda turisak turibmiz-da..Amikimlardan yagona yodgorlik bo’lib qolgan bo’lsangiz.. Oftob aya,istihola qilib o’trigan edi..Bu so’zlardan so’ng ancha dadillashdi.. -Shu desang..maqsadga o’tsam..Bilasanmi ukajon..Meni Rashidjonni asrab olganimdan habaring bor..O”sha Rashidjonimni uylatirayotgan edim..Shunga qo’lim saal kaltaroq bo’lib turibdi.. Biroz yordam qilib yonimda turasanmi degandim.. -Opajon..siqilmang..sizni qanday qiyinchiliklar boshingizga tushganini bilaman..Shunday yahshi kunda yoningizda turasam turibmanda..Hecham havotir olmag..Meni o’zim o’nta amakini o’rnini bosaman..!! Qarindoshing bunday samimiyligini kutmagan ekanmi Oftob ayaning xo’rligi kelib ketdi.. Ikkalalari o’tmishdagi voqealardan suhbat qurishdi.. Shu asnoda biroz suhbatlashgandan so’ng..Oftob aya ketishga taraddud ko’ra boshladi.. -Opajon biroz o’tirmadingiz-da,Endigina suhbatni boshlagan edik.. -Yo’q,,Ukajon ketishim kerak..Yana bir ikkita qiladigan ishim bor..Uyda Rashidjonim ham havotir olib o’tirgandir.. -Haligi..masala bo’yicha ertaga uyingizga o’taman..Ertaga mijozlarimdan pul kelishi kerak edi.. OFtob aya Niyatbek bilan hayrlashib tashqariga chiqdi.. Tashqarida garchi qish tugagan bo’lsa ham.havo salqin edi..Buni ustiga yomg’ir shivalab yog’ayotgan edi. Oftob aya namchil.havodan ko’ksini to’ldirib nafas oldi-da.,”Hayriyat..Dunyoda yahshi insonlarni borligiga ham shukr..” deb qo’ydi.. Yo’l bo’ylab ketayotgan edi..Oyog’I sirg’anib ketdi..Qo’li kaltaligidan qishki poyafzal ham olmagan edi..Oyog’idagi poyafzal ham ancha uniqib qolibdi,chap poyining yonu yirtilib ketdi.. Oyog’iga muzdek yomg’ir suvi yig’ildi..Eti uvushdi.. Bir amallab oyog’idagi suv bilan uyga yetib keldi.. Eshikni ochdida ostonaga o’tirib qoldi..Rashidjon ichkaridan chiqib uni qo’lidan tortib ko’tardi-da,Stulga olib borib o’tkazdi… Oftob aya holsiz bo’lib,.peshonasidan ter chiqib,istima otashida yonayotgan edi.. Rashid qo’rqib ketdi..Onasining dorisini qidira boshladi.Lekin topgan dori qutisidan,bir dona ham dori topa olmadi.. Shoshib telefondan 03 raqamini terib tez yordam chaqirdi.. -Ayajon..Meni qo’rqitmang..O”zingizga keeling ayajon…!! Lekin Oftob aya tanasidagi og’riqdan o’ziga kela qolmas,Rashidjonning barsa so’zlari bekor edi.. Oftob ayning boshidan bag’riga bosgancha ho’ngrab yig’lar edi.. Tez yordam yetib keldi.. Doktorlarni Oftob ayaning oldiga shoshib boshlab keldi..Doktor tomirlarni tekshirda..SO’ng qanaqadir ukol qildi.. Rashidga yuzlandi..Pastda shafyordan tezda so’ra zambilni bersin.Ikkalangiz tezda chiqinglar..Onangizni ahvoli og’ir..!! Rashid yugurgan ko’yi shafyorni oldiga borib: -Akajon..Tezroq zambilni uyga olib chiqaylik..Onamni ahvollari juda og’ir ekan..Dedi Shafyor bilan birgalikda tezlik bilan zambilni yuqori qavatga hozir qilishdi… Oftob ayani zambilga yotqizib mashinaga chiqarishdi..Rashid ham mashinaga chiqdi.. Mashina shitob bilan kasalxona tomonga qarab yelib ketdi.. Zambilni..Zudlik bilan tepsiga "REANIMATSIYA’deb katta harflar bilan bitib qo’yilgan honaga olib kirib yotkizishdi.. Qandaydir yoshi katta doktor..Rashidjonni tashqarida kutib turing deb chiqarib yubordi.. Rashidjon hona yonboshida joylashgan stulga og’ir cho’kdi..Ko’zlaridan esa tinimsiz yosh oqar edi..Hayolida esa yaratganga tinmay iltijo qilar edi.. "Yaratgan egam..!!Iltimos onamni jonini olmagin..Mendan gunohkor bandangni jonini olgin Tangrim..Faqat onamga tegma..!!Meni boshimga yana yetimlik zalvorini tashlama Rabbim..!!?” Qo’llari bilan boshini changallab o’tirgancha faqat shu haqida o’ylar va tinmay iltijo qilar edi.. Shu tahlid 1 soatlar..nomalumlik savollari iskanjasi bilan o’tdi.. Eshik ochildi..Honaga haligi doktor kirib keldi.. -Boyagi ayolni kimi bo’lasiz uka..? -Mmm men o’g’illari bo’laman..Onam tuzukmilar doktor..??! -Uka,bilasizmi..Onangizda cherepnoy davleniya bor ekan..Buni ustiga kuchli asabiy zo’riqishdan so’ng ularning ahvollari og’irlashib qolgan..Endi ularga faqat kerakli dorilarni yetkazib berishingiz kerak..Chunki bu dorilar bizning kasalxonamizdan topilmaydi.. -Qanaqa dorilar..Yozib bering.. Doktor cho’ntagidan bir parcha qog’oz olib,kerakli dorilarni yozib berdi.. -Uka,shu dorilarni 2 soatda yetkazib keeling..Yo’qsa onangizni hayotiga kafolat bera olmaymiz…Tezroq harakatingizni qiling.. Rashid qo’lidagi qog’ozchaga qarab qo’ydi-da,kasalxonadan yugurgancha chiqib ketdi.. Ro’paradagi Dorixonaga shishob kirib,sotuvchiga qo’lidagi qog’ozni tutkazdi.. Sotuvchi ayol,qog’ozda ko’rsatilgan dorilarni bitta paketga joyladi.. So’ng Rashidni qo’liga tutkazar ekan.”sizdan 1.200.000 so’m bo’ladi”dedi.. Rashidning ustidan kimdir bir chelak muz to’kib yuborgandek bo’lib seskandi.. -Opajon,shu paketni alohida qo’yib qo’ying..Men hozir pul olib kelib,olib ketaman.. Sotuvchi ayol boshi bilan ma’qul ishorasini qilib,paketni to’mbochka ustiga qo’yib qo’ydi.. Rashid esa tashqariga chiqib turib qoldi..Ustidan esa baxorning muzdek yomg’iri chelaklab quyilar,Rashid esa yo’lkaning o’rtasida qayerga borishini bilmay karaht ahvolda turar edi..
Davomi bor... Muallif:El_SHaFeY(Erkinbek Samandarov)
|