Oradan tahminan 2 soatlar chamasi vaqt o’tdi..Bu orada Niyatbek bilan Moxiraning o’rtasidagi ishqiy munosabatlar yetarlicha davom etdi,,Niyatbek o’rnidan turib ketishga chog;lanib turgan vaqt esa,eshik qo’ng’irog’I asabiy jiringlab uni sergak torttirdi..Har qalay kimdir bu haqida bilib qoladigan bo’lsa,barchasi tamom bo’lishini bilmaydigan darajada ahmoq emas edi Niyatbek..SHuning uchun ham u egniga kiyimini yarim chala ilib,so’ng eshik tirqishidan tashqariga qaradi.. Nimagadir eshikning tirqishidan nargi tomonda qo’ng’roqni bosayotgan odam ko’zga tashlanmagani bois,Niyatbek eshikni sekin ochib,tashqariga nazar tashladi.. Shu vaqtda unga ikkita odam birdan tashlandi,uni yerga bosgancha,qo’lini orqaga qayirar ekan.Niyatbek ortiga qaradi..Uning ustida militsiya kiyimidagi ikkida uchastka noziri turar edi.. Bu vaqtda esa Moxira uy ichkarisidan tashqarida bo’layotgan shovqinni allaqachon eshitib ulgurgan edi..SHuning uchun ham u ,nimadir o’ylab topmasa o’zi ham sharmanda bo’lishi mumkun ekanligini o’ylar edi..SHunda u ustidagi kiyimlarini yirta boshladi..So’ng esa badaninin bir ikki joyini eshik qirrasiga urdi..Oqibatda esa uning tanasida ko’kargan joylar paydo bo’ldi.. Niyatbekni yerga bosgan uchastka noziri savol berdi.. -Bu uyda nimalar qilayapsan,menimcha sen bu yerda yashamas eding shekilli-a? Niyatbek lom lum deya olmadi..Uning egniga nomiga ilishga ulgurgan kiyimlari esa yerda yotar edi..SHuning o’zi ham uning bu yerda nimlar bilan shug;ullanayotganligini aytib turar edi.. Uchastka noziri Niyatbekni qo’lini orqasiga qayirgancha ichkariga olib kirdi..Shu vaqt ichkaridan Moxira sochlari to’zg’ib ketgan ahvolda,ustidagi kiyimining yarimi deyarli yirtilib ketgan,ochiq joylardan esa,ko’kargan joylari bilinib turgan holatda yugurib chiqdi.. So’ng esa,Uchastka noziri yoniga kelib,yig’lab yubordi.. Uchastka noziri esa nimlar bo’layotganiga tushundi chog;I boshini sarak sarak qilgancha Niyatbekka qaradi..Niyatbek esa boshini yerdan ko’tarlolmasdan turar edi.. -Akaa,,hayriyat yordamga kelib qoldingiz..Mana bu iflos meni uyimga bostirib kirib,meni zo’rladi..O’z kelinini zo’rladi.. Niyatbek esa Moxiraning bu so’zlarini eshitib,”Iflos”deya tishini ostidan ayta oldi holos..! Qolgan ishlarni esa Milinsiya hodimlari qilishdi.. Ozgina vaqt ichida Moxiraning yozib bergan arizasiga muofiq tarzda Niyatbekning bo’yniga "Odam zo’rlash”kabi og’ir jinoyat ilindi qoldi.. Qo’llariga kishanni taqib olib chiqishayotganda esa Moxiraning bilinear bilinmas "Jilmayganini”Niyatbekdan boshqalar ilg’ay olishmadi.. Vaholanki Niyatbek ichkariga kirib Mohiraga o’dag’aylayotgan vaqtda Dilshodbek qaytib chiqib ketgani orasida Milinsiya tel qilishga ulgurgan edi..Ayanan shu qo’ng’iroq sababli esa Bu manzilni uchastka nozirlari qiynalmasdan topib kelishgan,va bu vaqtlarning hammasi Niyatbekni taqdirini butunlay teskari tomonga aylanib ketishiga kifoya qilgan edi.. Ayni damda Oftob aya kasalhonada o’ziga kelgan,uyda nimlar bo’layotganidan butkul behabar holatda og’riqlar bilan olishib yotar edi.. Eshik ochilib honaga hamshira qiz nigoh tashladi.. -Xolajon,ahvolingiz yahshi bo’lib qoldimi..? Oftob aya hamshira qizga qaradi-da, -Yahshi bolam..ancha tuzuk bo’lib qoldim..deya oldi holos.. Hamshira qiz ham Oftob ayning tushkun holatini payqab ortiq bezovta qilgisi kelmadi.. -Mayli xolajon..!agar kerak bo’lsam chaqirarsiz..ungacha o’zingizni ortiqcha urintirmang..dedida eshikni sekin yopib ketdi.. Oftob ayaning ko’ngliga esa qil ham sig’mayotgan edi,shuning uchun ham bo’lsa kerak ko’nglida nuqul Rashidjonni o’ylar…o’zining aftoda holati ham bir pul edi ayni damda.. Ona o’gay yoki tuqqan bo’lgan taqdirda ham ona ekan-da,.Rashidjonga bunchalar mehr huv o’sha bundan ancha yillar ilgari Mehribonlik uyida boshlangan bo’lsada ,oradan mana necha yillar o’tib ham o’z kuchini yo’qotmagan aksincha yanada ko’payib,yuragining tub tubida ildiz otgan edi-ki,vallohu a’lam bu ildizlarni qo’porib tashlashga yillarning zalvorli bosimlari ancha kuchsiz edi..Holsiz holatida ham Oftob ayaning tilidan "Rashidjon o’g’limki diydoriga to’ymasdan bu dunyodan ayro qilmagin tangrim..!”degan holsiz jumlalar tushmas edi.. Doktor yigit oradan biroz vaqt o’tgach Oftob ayaning ahvolini tekshirish uchun kirib keldi.. SO’ng Oftob ayning peshonasiga qo’l yugurtirib tekshirar ekan,qo’li Oftob ayaning istimadan lov lov yonayotgan tanasiga tegdi-yu,ahvol yahshi emasligini,agar Oftob ayaning tinchlantirmasa uning ahvoli yomon holatga borishi mumkun ekanligini sezdi.. -Onajon,tinchlaning,yo’qsa ahvolingiz yana og’irlashadi.. Oftob aya doktor yigitni hira ko’zlari bilan ig’adi-da,so’ng qo’llarini mahkam ushlagancha titrab qaqshab dedi: -Doktor bolam..agar mumkun bo’lsa sizdan bir narsani iltimos qilaman..Mening yakkayu yagona o’g’lim bor..o’sha o’g’lim hozir Rossiyada ishlashga ketgan..O’tinib so’rayman sizdan unga habar bering..!Undan boshqa mening hech kimim yo’q..! Doktor yigit o’ylanib qoldi..u tushundiki bu ayolning o’g’liga habar bermasa hammasi chatoq bo’lishi mumkun ekanligini fikriyati aniq bilar edi..SHuning uchun ham ayolning tafsilotlarini diqqat bilan eshitdi.. Oftob aya ho’rsingancha o’g’lining tel raqamini kelini bilishligini,undan olib habar berishi kerakligini aytgani holatda,doktordan "hech kimga aytmayman "degan so’zlarini olgandan so’ng o’z oilasidagi holatni bayon qildi.. Doktor yigit Oftob ayning so’zlarini eshitar ekan butun badani qizishib dunyoda shunday jirkanch illatli odamlar borligidan hamda o’zi ham aynan shu insonlar orasida ekanligidan jirkanib ketdi..Oftob ayaga bu ishda yordam berishi to’g’risida qattiq va’da berib,so’ng honani tark etdi.. Ish vaqti yakunlangach mashinasiga o’tirar ekan,hafsala bilan Oftob aya bergan manzilga shoshib ketdi.. Moxira esa Niyatbekni tushurgan tuzog’iga oson ilinganidan hushnud holatda buni "yuvayotgan "mahali eshik qo’ng’irog’I chalindi.. Eshikni ochganida esa Haligi doktor yigit turar edi.. -Kechirasiz…bu Rashidjon yashaydigan uymi..?so’radi doktor.. -Xa,nimayidi…hafsalasiz lik bilan javob berdi Moxira.. -Bilasizmi men uning qadrdon do’sti edim..Undan biroz qarzim bor edi..o’sha qarzimni olib kelgan edim..Agar mumkun bo’lsa o’sha qarzimni sizga tashlab ketar edim..Faqat bu haqida unga tel orqali habar berishim juda zarur..! Doktor yigit Oftob ayaning so’zlarini diqqat bilan tinglagan vaqtida Moxiraning pulga o’chlaigini sezgan va bundan boshqa yo’l bilan tel raqamni ola olmasligini bilib turar edi.. Shuning uchun ham shunday yo’l tutishga qaror qilgan edi.. Moxiraning pul daragini eshitib og’zini tanobi qochib jilmayar ekan..Ichkaridan telini olib chiqdi.. Doktor yigit tel raqamni o’z teli hotirasiga o’tkazib qo’yar ekan.Indamasdan pastga tushib keta boshladi.. Moxira uning ortidan -Iya,pul qani..?tashlab ketmaysizmi..?deya so’radi.. Doktor yigit esa ortiga qaradi va -Iflos ekansan..!deya tushib ketdi.. Moxira esa hayron bo’lib,uning ortidan "chiroyli "so’zlar bilan maqtagancha qolar ekan..O”zini huddi yengilmas bir oniy bandadek his etar edi…
Davomi bor..
Muallif:El_SHaFeY
|