Maydonchada bolalar bir birini quvib o'ynab yurishibdi..Bir chekkada esa bir yigitcha,ko'zlarini osmonga qarab hayol surayapdi..
Rashid,qachon va nima uchun bu yerga tushib qolganini eslay olmaydi..
Faqat shuni biladi-ki,bu yerdagilar hammasi kimnidir hatolari qurboniga aylanishgan..
Tavoqasiga katta harflar bilan "MEHRIBONLIK UYI’ deb yozib qo’yilgan bu maskan kimgadir juda mehribonchilik ko’rsatgan bo’lishi mumkun lekin Rashidga emas..Har holda Rashid shunday o’ylaydi..
Har safar kimdir farzand asrab olish uchun kelganida,”meni ham kimdir oilasiga olib ketarmikan ?”degan ilinj bilan u safning birinchi o’rniga o’tib oladi..Lekin nimagadir unga hech kim e’tibor bermaydi..
Bunday harakat va umid bilan kutishlar,har safar davom etarkan..Rashidning yuragidan nimadir chirs etib uzilgandek bo’ladi..Uksinadi..
Hatto tarbiyachi opaning unga nisbatan ko’rsatgan mehribonchiliklari ham kor qilmay qo’yadi o’shanda…!!
O’zining honasiga berkinvolib o’ksib o’ksib yig’laydi..
Endigina 14 yoshga to’lgan yigitchaning ayni o’smirlik yoshidagi bu tahlid holat kimgadir ajablanarli ko’rinishi mumkun,ammo o’zidan o’tganini o’zi biladi..
Kutish…
Vaqtlar o’tmaqolmaydi..Bolalar maydonchasiga borganida do’stlarining qiyqirishib o’ynashlari ham uni yupatolmay qoladi ba’zan…
Shunday kunlarning birida farzand istagida bo’lgan bir yoshi kattaroq ayol keldi..
Nimagarir u Rashidga qarab uzoq turib qoldi…
Keksayib yoshi elliklarini qoralagan bu ayolning unga bu tahlid tikilishi Rashidda umid uchqunlari uyg’otdi..
U Rashidni yoniga kelib,qo’lini uzatdi…
-Isming nima bolam..?!
"bolam”shu birigina so’z…!!Naqdar sehri,naqadar yoqimli eshitiladi quloqqa..!!
Rashidni yuragi qinidan chiqqudek bo’lib gupirlab ura boshladi..U bu so’zni qanchadan buyon kutar edi axir..!!SHu birgina so’z uchun u dunyolarni talqon qilishga qodir edi..Va nihoyat u bu so’zni eshitdi..BUnday bahtni u hazm qila olmagandek,tomog’iga tiqilib qolgandek edi go’yo..
-Ismim Rashid..javob berdi..
-Rashidjon bolam..Meni o’g’lim bo’lasanmi..?dedi Jilmayib ..
Rashid biror so’z aytolmadi..CHunki so’zlari uni bo’g’zini kuydirib,ichki tuyg’ulari shunday g’alayon ko’tarar edi-ki..Uning ko’zlaridagi mehrga tashnalikni payqash qiyin emas edi..
U boshini irg;adi..
Oftob aya,uning bu holatini ko’rib tushundi,boshqa savol bermadi..
Uni mahkam bag’riga bosar ekan.rahmatli o’g’li Rasulbek yodiga tushdi..Ko’zlariga g’iltillab yosh indi..
-Bolam..Mening Rasuljonimga o’hshar ekansan..Mening o’g’lib bo’lasan..
Oftob ayaning so’zlari titrab chiqdi..Uning tilidan uchgan bu jumlar bilan birgalikda ko’zidan chiqqan yosh,Rashidning yuziga tomdi..
Rashidning yuragi allanechuk bo’lib ketdi..Mehrga tashna bo’lgan qo’lchalari bilan Oftob ayani bo’ynidan qattiq quchib oldi..
Uning bu harakatidan mutloq rozilik alomatlarini sezgan Oftob aya uning yuzidan o’pdi-da,tarbiyachiga qarab:
-Singlim..SHu bolani men o’g’il qilib olaman…
-Mayli,opa..Unaqada kerakli hujjatlarga qo’l qo’ysangiz Rashidjonni olib ketishingiz mumkun..
Oftob aya..Rashidni bag’ridan bo’shatar ekan..:
-O’g’lik biroz kutib tur..Men hozir kelaman dedi va tabiyachi ayol bilan hujjatlarni to’g’rilash uchun narigi honaga o’tdi..
Rashid esa,o’zida yo’q hursand edi…Oftob ayaning ko’zidan oqqan yoshlari..Unga huddi ona mehrini qaytarib berayotgandek edi..
Oftob aya,birozdan so’ng hujjatlarni taxt bilib bo’lib..Honaga kirdi va Rashidning qo’llaridan tutib..
-O’g’lim..Endi uyimizga ketamizmi dedi..
Rashid bilan Oftob aya qo’l ushlashib honadan chiqib ketishdi..Rashidning ortidan esa qolgan do’stlari havas bilan qarab qolishdi..
Rashid,mehribonlik uyidan chiqqandan keyin oritga so’nggi bor tikilib qaradi..BU yerni tark etayotganida hali ham ishonolmayotgan edi..SHuning uchun huddi Oftob aya uni tashlab ketayotgandek qo’lllaridan mahkam ushlagancha,qo’yib yuborgisi kelmas edi..
Yo’l yulakay shoshib odim tashlar ekan,o’ziga o’zi pichirlar edi..
"Men,hech qachon bu ayolni yuzini yerga qaratmayman,,Endi u mening yakkayu yolg’iz onajonim bo’ladi..Uni hech qachon ko’zlaridan yosh oqizmayman :derdi..
Ular birgalashiv qo’l ushlashgancha yo’lka bo’ylab ko’zdan yo’qolishdi.. Davomi bor.. Muallif:EL_SHaFeY(Erkinbek Samandarov)
|