Moxira uchun ayni damda onasi huddi najot farishtasidek tuyular edi.. Fotima esa qizing uning gaplarini e’tibor bilan eshitayotganidan ilhomlanib gapida davom etar edi.. -O’zi nima uchun yashayotganingni bilasanmi..?Yuzingga o’zi ajin tushishga ham ulguribdi.. Bunaqada eringni kutib ich etingni yeb qo’yasan-ku,mazza qilib ko’nglingni hushlab yashayver..U yog’I bir gap bo’lar..Odam hayotga axir bir marta keladi-ku! -O’zi nima qil deysiz..Nugul bitta gapni qaytaraverganingizdan miyam ham achib ketdi..Jo’yali bir gapni aytmasdan,nuqul boshimni aylantirasiz..? Fotima Moxirga gaplari ta’sir qilganini sezdi..So’ng qo’l telini olib kimnidir raqamini hafsala bilan tera ketdi.. -Alooo..jonimka qalesiz..? Telni qulog’iga mahkam bosib olgan Fotimaga telni narigi tomonidan bir yigitning ovozi eshitildi.. -Iyyaaa…nechuk yo’qlab qolibsiz jonidan..! -Xaaa,endi yo’qlab qo’yaylik dedim-da..Odamni yomonam so’gintirib yuborishga ustasiz-da,bir xolingizni so’rash bahonasida.birga bugun biiir o’tirib maishat qilamizmi demoqchiydim..Siz bo’lsangiz asalam..Darrov odamni hafsalasini pir qilib yubordingiz..! Fotima nozlanib labini cho’chchaytirdi.. -Bo’ldi..DOimgidek bo’lsinmi?Albatta yes qilamiz-da,sizni do’ndiqcham yomon sog’ingan edim o’ziyam..! Telni o’chirar ekan Fotimaga qarab ma’nosi ko’z qisib qo’ydida: -Mana qara bitta telimga hushtorlaim uchib kelishadi..Sen bo’lsang mug’ayib sassiq kampirga o’hshab o’tirbsan..! Moxiraning ensasi qitib,yuzini burib oldi.. Keyingi qadahlardan so’ng ona bola ikkalasi Oftob ayani g’iybatini qilishga tushishdi.. -O’zi sassiq kampir javrayverib asabingga tegayotgani yo’qmi?deb gap boshladi Fotima.. -Yo’q..bir navi..gah desam qo’limga qo’nadi..!Sizni tarbiyangizni olganman har holda… Bu so’zlardan keyin ikkalasi ham qah qah otib kulib yuborishdi.. Oftob aya esa ayni damda devordagi soatga qarar kelinini qayrga ketganini bilishni juda ham istar edi..U uchun yagona imkon ayni damda Rashidjonni bu yerga tezroq aytib kelib bu yerdagi gaplarni bilishi.,va buni hammasiga barham berishiga umid qilar edi..Chunki uni bundan boshqa chorasi ham yo’q edi.. Shu vaqt eshik qo’ng’irog’I chalindi,Oftob aya birdan cho’chib tushdi-da,ko’ksiga tuflab Moxira bo’lsa kerak degan hayolda eshik oldiga yuragi bezillagancha yaqinlashdi.. Eshikni ochdi,hayriyat pastki qavatda yashaydigan qo’shnisi Mexri opa ekan.. -Iya qo’shni nimaga ostonada turibsiz?Ichkariga kiring..! -Yo’ge shart emasdi..Ha mayli sizni ham sazangiz o’lmasin qo’shni.. Ular birgalikda ichkariga kirishdi..Oftob aya choy qo’yishga unnayotgan edi..Mexri opa -Qo’yavering qo’shni..O’g’lim bilan kelinim uzzu kun ishda bo’lani uchun,siznikiga biroz suhbatlashib ko’nglim yozilarmikan degan maqsadda chiqqan edim.. Oftob aya qo’shisining obdon oilasini so’rab surishtirib bo’lgandan so’ng Mexri aya maqsadga ko’chdi.. -Uzr-u,egachi ko’nglingizga olmang…Keliningiz sizga yahshi qaraydimi..Nimagadir hal hil uzuq yuliq gaplar eshitayapman..O’zingiz tinchmisiz ishqilib..Men sizni yigirma yildan buyon taniyman va hech qachon sizni bunday tushkun holatda ko’rmagan edim..SHuning uchun menda hech narsani yashirmay ayting..! Oftob ay anima deyishini bilmay kalovlanib qoldi.. -Yo’g’e aylanay,bu nima deganingiz..kelinib bib binoyidek,meni hizmatimni qilib,muomilani ham joy joyiga qo’yadi..Ha endi odamlarni qiladigan ishi ham yo’q-da har hil narsalarni to’qib chiqarishadi..O’zingizdan qolar gap yo’q odamalr hozir tili bilan yuradigan bo’lib ketishgan.. Mexri opa Oftob ayaning bunday o’zini tutuib,kelinini haspulashiga qarab o’zicha "Essiz shunday ayol-a,nimaga bunchalar g’aribsan..Bundan ancha yillar oldin sen ancha durkun va o’z qadringni biladigan ayol eding..Endi qara ahvolingga..?!Nahot insonni boshiga tushgan taqdirning zarbalarni uni shunchalar ojiz va nochor qilib qo’ysa..?”deb o’ylar edi..So’ng tilini tiya olmadi.. -Nimalar deyapsiz axir Oftob opa..!Buncha ham kelingizni yonini olasiz..U hatto ko’cha kuyda salom ham berishni bilmaydi-ku?!O’zingizni buncha ham yerga urasiz,,Axir siz ham yerdan ko’karib chiqqan qo’ziqorin emassiz-ku!? -Yo’q..siz notug’ri o’ylayapsiz..Unday emas.. Oftob aya shunday holatda ham kelining sha’nini himoya qilar ekan..Hecham haqiqatni tan olgisi kelmayotgan edi..Oftob aya shunay g’ururli va oriyati kuchli ayol edi.. -Bilsangiz men tunov kuni kelingizni bolalar maydonchasida kim bilandir o’pishib o’tirganini o’z ko’zim bilan ko’rdim..bunisiga nima deysiz..Axir o’g’lingiz Rossiyada shu badbahtni deb qon yutib ishlayapdi..Uni bo’lsa behayolarcha qilib yurgan ishini nahot ko’rmasangiz.. Ofob ayaning boshiga kinder gurzi bilan urgandek bo’ldi..So’zlari bo’g’zida qolib kekirdagini shunchalik kuydsira boshladi-ki,alamdan labini qattiq tishladi..Ko’zlaridan esa beixtiyor yosh sizib chiqdi.. -Exxx,Mexrijon …taqdir ekanda..nima qilay..Mendek qari bir kampirning qo’lidan nima ham kelar edi… Boshqa hech narsa deya olamdi..Mexri opa aytgan so’zlarni anglamas..U gapirib o’rnidan turib ketguncha ham lom lum demadi..Hatto o’rnidan turib kuzaitshga ham holi qolmagan edi.. Qo’shnisi allanimalarni aytib chiqib ketgandan so’ng Oftob aya holsiz stulning tutqichini mahkam ushlagancha "O’g’lim Rashidjon..Nimalar tushyapdi bu badbaht boshga..?! Tezroq kelib ko’rsayding bolam..Qanday isnodga qoldik bolam..!Shunchalik sho’r ekanmi peshonamiz..!?Shuncha qilg’iligiga chidadim..Endi hiyonatga ham qo’l uribdi..Yaratgan egan bundaylarga ko’rsatadiganlaring borligini bilaman..!Yolg’iz o’zing uni bu yo’ldan qaytarmasang bo’lmaydi,mendek ojiz bandangni qo’lidan nima ham kelar edi..!?” BU vaqtda esa Moxira bilan Fotima "hurmatli mehmonni "kutib o’tirishar edi.. Eshik nihoyat taqqiladi..Fotima sollonib borgancha eshikni ochdi..Ostonada kim bilandir o’pishib ko’rishdi.. Moxira qanday yigit ekan deb qiziqsinib qaradiyu,tosh kabi qotib qoldi.. Osonada o’sha kungi Dilshod turar edi.. Moxira Dilshodni ko’rib taxta kabi bo’lib qoldi..Biror nima deyishga esa tili kalimaga kelmas edi.. Dilshod esa huddi buni avvaldan biladigandek o’zini tutar edi,vaholanki u bu xonadonda Moxirani uchratish yetti uxlab tushiga ham kelmagan edi.. Fotima esa Dilshodni ichkariga bamaylihotir taklif etdi.. Dilshod kursiga bemalol oyog’ini chalishtirgancha o’tirar ekan,Moxiradan hanuz ko’zini uza olmas edi.. Moxira esa o’sha holatda ham sir boy bergisi kelmas edi.. -Meni nimagadir mazam bo’lmayapdi oyi..?!Uyga ketishim kerak..! Fotima esa Moxirani totrqilab oshxonaga olib chiqdi.. -Menga qara boyadan beri senga nimalar deyayotgan edim..Bunchayam qo’rqmasang..?!U seni har holda yeb qo’ymaydi..Buni ustiga puldor yigit..! Moxirani ammalab ko’ndirib stol ustiga boshladi.. Moxira davraga kelib qo’shilgach ziyofat allamahalgacha davom etdi..Orada Dilshod narigi honaga o’tib kimgadir tel qilishga ulgurdi.. Oradan chamasi 2 soatlar vaqt o’tgandan so’ng Dilshodni teli jiringladi..Dilshod bir minut ishorasini qilgancha tashqariga chiqib ketdi..SHunda fursatdan foydalangan Fotima qiziga boyagi gaplarini yana takrorlay ketdi.. -Namuncha o’zingni buncha tannoz tutasan..?Bu yigitni qo’ldan boy berma,uqdingmi?Mazza qilib pulini sog’ib yurasan..Mana men bilan tunagan kechalaridan ancha muncha estalik qoldirib ketgan,.,Qara..! Fotima qo’lidagi qimmatbaho bo’lgan uzugini Moxiraga ko’z ko’zladi..Uzukning nafis chiroyiga ko’zi tushgan Moxira esa butkul o’zini yo’qotdi..Uning hayoliga eri kimligi v anima uchun chet ellarda zahmat chekib ishlayoptgani spirtli ichimliklar hamda Fotimaning barmog’ida ziynat berayotgan uzukning chiroyi…Butkul hotiralarini parokanda qilishga ulgurgan edi.. Shu orada honaga Dilshod kirib keldi… Erta tongda kerishib o’rnidan turar ekan Moxiraning ko’zi yonida yotgan Dilshodga tushdi.. Dilshod unga tikilib yotar edi..Moxira makkorona jilmaydi-da -Jonim endi,uyga borishim kerak..!Uydagi qaynonam mendan havotir olib o’tirgan bo’lsa kerak dedi.. Dilshod esa uning so’zlarida qah qah otib kuldi-da, -Asalcham..Bilsang endi o’zingni mendan olib qochishing shart emas..Ana endi hayot naqadar shirin ekanligini anglab yashashing oson bo’ladi dedi Moxira esa noz-u karashma bilan o’rnidan turdi-da,honadan chiqib ketdi.. *** Oftob aya erta tonggacha kelinini kutib havotir olganidan hayoli ming bir ko’chaga kirib chiqishga ulgurgan edi.. Ko’zi endi ilingan ekan eshikning sekin ochilganini sezdi.. Honaga mamnun kayfiyatda Moxira kirib keldi..Moxira nimgadir bugun yanada yashnab ketgandek tuyular,ayni daqiqada esa uning bo’ynidagi qimmatbaho tillo zanjir uning ko’rkiga ko’rk qo’shib turgandek edi go’yo… Rashid esa tunlaridan butkul qo’rqib chiqadigan bir holatda edi ayni damda..Uning biror nima ish qilayotgan vaqti ham hayolini allanechuk g’amlar qamrab olar..Ko’z oldi-da nimagadir kechagi ko’rgan tushi kelib yuragi o’ynardi..Buning ustiga u ishlayotgan o’lkalarda qish o’z qulochini yanada keng yozishga ulgurgan edi.. Kuni bo’yi kayfiyati bo’lmasdan yonidagi sheriklari berayotgan savollarni ham ilg’ar ilg’amas eshitar..eshitsa ham javob berish malol kelar edi.. Uyga keldi.. Usitidagi kiyimini arang kravotga tashladi.. Deraza orqali odatdagidek tashqariga boqdi.. Osmon-u zamin hukmronlik uchun bir necha soatlik tortishuvdan so’ng,bemavrid yoprilgan shoshqaloq yomg’ir qishning sovuq nafasiga dosh bera olmay chekingan,qor zarralari esa g’alabadan masrur holatda,shoshmay-shoshmay,yayrab-yayrab,uchib-uchib,so’ng atalasi chiqayozgan yerga asta qo’nar edi.Oradan ko’p o’tmay zamin yuzi oqardi..Ko’chada esa kimdir yonidagi rafiqasi bilan,yana kimdir farzandini yetaklagancha uyga shoshar edi..Olis osmon ustini esa butkul bulut to’sgan..Uning kulrang bo’lgan qorong’iligi huddi Rashidjonni qalbi singari yanada zulmatga aralash qilayotgan edi..Rashidjon shu alfozda kechagi ko’rgan tushini esladi-da,tanasi junjukdi.. Nima emish,kafanga o’rab chirmalgan Rashidjon tubutda emish..Tobut ham qiziq,atrofiga oq mato o’rab chirmalmagan aksincha huddi qandaydir badbuy hidli bo’lgan shag’alga o’hshash narsadan yasalgan emish..Tobutning ustiga esa hoch belgisi qo’yilgan emish..Rashidjonning peshonasiga ham hoch tamg’asi muhrangan emish.. Odam esa atrof’ida aytarli yo’q emish.. Bundan Rashidjonning ho’rligi kelib tinimsiz yig’lar emish-u,ammo ovozi chiqmayotgan emish.. Tirik odam alamlansa oson,kimnidir uradi,so’kadi ishqilib hovuridan chiqadi ammo o’lik odam-chi..nima ham qila olar edi..Nari borsa ko’zidan yosh oqizar..!Lekin bu ko’z yoshlari o’sha damda naf berarmikan..?! Bu ham mayli-kuya tubot oldi-dagi manzara odamni jinni qiladigan holatda emush.. Nima eshim..Uning ustida Moxira boshiga oq matoni tashlagancha o’yin kulgu qilib raqsga tushayotgan emish..Onasini tobutini esa yigitmatacha odam yelkasiga ortib kelayotgan emish.. Oftob ayaning murdasini uning yoniga olamon,tubutdan ozod qilib og’darib yuborgan emish.. Tilovat ham o’qilmasdan Lahad ustiga tuproq tortilayotgan vaqtda nimagadir quloqlariga haligi Moxirananing hursand qiyqirig’I tobora balandroq,quloqni kar qiladigan darajada eshitilayotgan emish..Biradan qabr tepasida paydo bo’lib qolgan emish..Lahadga tikilar ekan lekin qop qorong’I bo’lgan qabrning og’zidan qandaydir ilonlar bosh chiqarib unga vishillar ekan-u,lekin u qo’li bilan hayday olamas emish.. Ilonlar esa tobora qabrdagi Oftob ayaning jonsiz jasadini o’rab chirmab bug;a boshlayotgan emish.. Rashid dodlagancha uyg’onib ketdi..Mana 2 kundirki o’sha tush ta’siridan chiqa olmaydi.. Hozir esa derazadan tashqarini kuzatar ekan..Og’ir ho’rsinib qo’ydi..Yuragi og’darilib ko’z oldi-da Soniyaning mahzun chehrasi namoyon bo’ladi.. Kechasi bilan yana shu ahvol davom etdi..Moxiraga tel qilgan edi..Ammo tel o’chiq ekan..Alamidan telni otib yubordi.. Uning kutishdan o’zga chorasi qolmagan edi o’ziga o’zi esa "Biror nima bo’lgani aniq,bo’lmasa bunday tush ko’rmas edim..Onamning holi nima kechdi ekan-a?Hodo hohlasa yana biroz vaqt qoldi..Albatta qaytib borib kelishim kerak..!Bormasdan boshqa choram qolmayapdi "deb shivirlar edi…
Davomi bor.. Muallif:EL_SHaFeY
|