Moxira bu vaqtlarda o’zini ancha erkin his etayotgan edi..Buni ustiga Oftob aya qilayotgan uy ishlariga ham qanoat qilmay qo’ydi..Oftob ayani ertlab o’rnidan vaqtli turib Moxirani nonushtasigacha tayyorlab berish zimmasida butkul qolgan edi..Dardini aytay desa biror bir kimsa eshitmas edi..Rashidjon tel qilgan vaqtda ham xonasini eshigini ichkaridan qulflab olgancha suhbatlashar edi kelini.. Uning bu tahlid o’zgarishlarida esa Oftob aya o’zini aybdordek sezar edi..Unga qarshilik qilishga esa unda na kuch,va na asablar dosh bera olmas edi.. Shuning uchun bo’lsa kerak Oftob ayaning ayni damdagi holatini chetdan qaragan kishi hayratdan yoqa ushlashi tabiiy holat edi.. Moxira esa Paynetdagi o’z ishini mamnuniyat bilan davom ettirar edi.. Shunday kunlarning birida Moxiraning oldiga pul tashlagani kelganlardan biri,tashqi ko’rinishidan bo’ydoqligi bilinib turgan,o’zini tutishi esa anchagina mag’rur bo’lgan yigit keldi.. -Ishlayapsizmi..?dedi shoshib.. -Xa..necha pul tashlaysiz..va qaysi kompaniyaga..?Moxira javob berdi.. Shu ikki so’z bilan boshlangan suhbat dan so’ng haligi yigit,o’zini aytishi bo’yicha ismi Dilshod paynetga tez tez qadam ranjida qiladigan bo’ldi..Hara safargi har hil mavzudagi suhbatlar ancha muncha ma’lum vaqt oralig’ida rosa avjiga chiqdi..Bir kuni Dilshod,Moxiraga birga biror joyda o’tirib ovqatlanaylik degan taklifni ham berib ko’rdi.. Avvaliga o’zini mag’rur tutgan Moxira,bunday takliflar bir necha marta aytilgandan so’ng..rozi bo’ldi.. Ishdan qaytgan Moxira eshikni taraqlatib ochdi-da,Oftob ayaga o’shqirdi.. -Mamulya,nimaga buncha atrof pala partish bo’lib yotibdi..Mundoq yig’ishtirib qo’ysangiz bo’lmaydimi..? Oftob ayaning tobi yo’qligidanmi kuni bo’yi to’shakka mixlanib yotar edi..Azoi badanini istima o’z otashida yondirar edi.. Uning bu halatini ko’rgan Moxira esa "hatto bitta tabletka olib chiqishni "hayolga ham keltirmadi.. Hatto g’ashi keldi.. -Endi mamulya,buncha ..!Hali yosh bo’lsangiz o’zingizni kasalga solib yotishni bas qiling..!? Oftob aya tishini tishiga bosib arang chidab yotgan joyida inqillab javob berdi.. -Qizim..bugun tobim yo’q..Agar iloji bo’lsa pastdan birorta tabletka olib chiqib bersangiz..meni hatto o’rnimdan turishga ham holim yo’q..!dedi Moxira jig’ibiyroni chiqib ko’zlari kosasidan chiqqudek bo’lib ketdi.. Lekin indamadi..Har holda "qari sassiq kampirga bir nima deb o’libmanmi?”deb o’ylab qoldi.. Vannaxonaga indamasdan kirib ketdi.. Oftob aya yotgan joyida ko’zlarida yosh bilan istig’for aytishdan o’zga chorasi qolmagan edi.. "Yaratgan egam..Yana qancha sinovlarda jazolaysan..!Undan ko’ra jonimni olib qo’ya qol..! Yo’q..yo’q..!Rashidjonimni ko’rmasdan jonimni olma..!?Uni juda ham so’gindim..Judayam..! Uning o’ylaridagi azob tomog’iga tiqilib.bo’g’zini kuydirdi..Hayot tashvishlari o’z izini chuqur qilib qoldirgan peshonasidagi ajinlari soni ayni paytlarda chandon ortgan bo’lsa ne ajab..! Moxira bu orada vannadan chiqib musiqani baland qilib o’ziga oro berishga kirishib ketdi.. Oftob ayaning "qizim sal pastro qiling..Iltimos..!Davleniyam oshib ketayapdi "degan so’zlarini eshitmaslikka oldi..Obdon o’ziga oro berayotib oynakka tikilib qoldi.. "Haqiqatdan ham menday go’zal qiz..qachongacha manabu qari kampir bilan esi past o’g’lini qo’liga qaram bo’lib yashashim kerak..?Men ham hayotda mazza qilib rohat olib yashashga haqqim bor-ku?”deb qo’ydi..Oyanadan unga obdon o’ziga oro bergan jonon qarab turardi.. Uning kiygan kiyimidan ko’ngli to’lmadi..Ustidagini yechib divanga uloqtirar ekan..Yanada kaltaroq va ochiqroq bo’lgan kiyimni hafsala bilan tanlab kiydi..Endi anchagina o’zidan ko’ngli to’lgach Oftob aya yotgan honaga chiqdi.. -Mamulya..men ketdim..Bugun ayamlarnikida mehmondorchilik.. Bu vaqtda asabiy zo’riqshdan,va azoi badanidagi og’riqlardan holsan toygan Oftob ayaning Moxiraga qarashgada majoli qolmagan edi..Ingarab qo’yishga holi etdi holos..Moxira esa Oftob ayaning ertalabdan beri tuz totmagani haqida so’ramadi ham..Eshikni qattiq yopgancha chiqib ketdi.. Oftob aya o’rnida to’lg’onib uzoq yotdi..Ochlik uni qiynay boshlagach..arang o’rnidan turdi-da,yiqilib tushdi..Titrab qaqshab arang oshhonaga emaklagancha yetib oldi..Xalodilnikni amallab ochdi..Ichidan bir bo’lak kolbasa qolgan ekan..O”sha kolbasani qo’llariga oldida titrab qaqshab 2 tishlab yedi..tanasiga biroz kuch ingandek bo’ldi..Qo’llariga tayangancha amallab o’rnidan turdi-da,gazga choy qo’ydi..Bir piyola choyni ichgandan so’ng,o’ziga keldi..Lekin tund qalbi zim ziyolikka mahkum holatda edi.. Bu vaqtda esa Moxira shahar markazidagi restoranlarning birida Dilshod bilan o’tirar edi.. -Shunaqa gaplar deng Moxiraxon..Bir o’zingiz bu yerdi..Eringiz Rossiyada..Ishqilib zerikmayapsizmi..?Dilshod makkorona ohangada so’radi.. -Eyy..nima deganingiz bu..?BU yerda qanday ham zerkish bo’lishi mumkun..?Ish bilan bo’lib zerikishga ham vaqt bo’lar ekanmi..? -Shunaqa deng..Kelmaydigan poyezdni bekatda qachongacha kutish mumkun deysizda..Ammo yomon hazildan olasizda Moxirahonim..Mana shu Harakateringizga borman-da..! Pozezdni kutish muommo emas-kuya,faqat siz kutayotgan poyezd boshqa qaysidir bekatda qolib ketgan bo’lsa,,har qanday yo’lovchi ham boshqa poyezdga minib ketadi.. Shu so’zlarni aytar ekan Dilshod..yer ostidan Moxiraning qomatiga suqlanib qarar edi.. -Xa xa xa…Moxira huzurlanib kuldi..Ko’zlariga kelgan yoshni qo’llari bilan artdi-da,javob berdi.. -Nimasini aytasiz..Sizam jaa balosiz-u,gapni yomonam qotirib tashlar ekansiz..?! -Ha endi,yonimda shunday go’zal jonona o’tirgandan keyin,so’zlarim ham bulbuligo’yodan o’tib tushadi-da..shuning uchun ham behad mamnun kayfiyatdaman dedi.. -Ha aytgancha..Eringizdan biror bir hat habar bormi..?dabdurustdan so’rab qoldi Dilshod.. -Yo’g’e..qo’ying ..bugun mundoq bemalol suhbat quraylik..Biz kelishgandik-ku,oilaviy munosabatlarni muhokama qilmaslikka..!Moxira norozi bo’lib Dilshodga boqdi.. -Uzr…ming bor uzr..Endi marxamat..qo’limizdagi qadahni ayollar erkinligi uchun ichamiz..! Qadahlar bir biriga urilib jarangladi.. Shunga o’hshash jaranglar soni qizg’in suhbat asnosida ancha muncha davom etdi.. Moxiraning ko’zlari suzila boshladi.. -Bo’ldi..bo’ldi..yetadi menga ortiq quymang..Meyordan oshib ketmaylik..Moxira ko’zlari suzilgancha Dilshodga so’z qotdi.. Ayni damda Dilshodning kayfi ham taroq holatda edi.. Chunki u Moxiraning bu qadar ko’p ichishini tasavvur ham qilmagan,va bir ikki qadahdan so’ng o’zini yo’qotib qo’yishiga ishonar edi..Bu tahlid uning yahshigina ichishini ko’rgandan so’ng ozicha "Bu qushchani tuzoqqa tushishi rosa qiyin bo’lagigan bo’ldi-da”deb qo’ydi.. Ikkalasi birgalikda o’rnilaridan turishdi.. Restorandan chiqqandan so’ng..Moxira tashqaridagi muzdek havodan biroz o’ziga kelgandek bo’ldi.. Dilshod mashinaga Moxirani o’tkazib,uni uyigacha kuzatib qo’ydi..Taksiga javob bergandan so’ng ikkisi ko’p qavatli binolar o’rtasida joylashgan bolalar maydonchasidagi skomeykaga cho’kishdi.. Dilshod so’z qotdi.. -Shu endi..Mundoq o’zingiz uchun yashashga vaqt ajratishingiz kerak Moxiraxon..?! -Yo’q..qanday qilib,,?shundoq ham o’zimga yahshigina vaqt ajratayapman..!Menimcha siz meni qanday yashayotganimni bilmaysiz..shuning uchun ham bir narsa deyishgaa shoshilmang…. Qolgan so’zlari Moxiraning bo’g’zida qoldi.. Dilshod tasodifan Moxirani maxkam bag’riga bosdi-da,labiga labini bosdi.. Moxira tipirchilab uning qo’llaridan yulqunib chiqdi.. -Nima qilganingiz bu..?Sizga umuman tushunmadim..?! Ahtidan Moxira biroz uni yahshigina so’zlar bilan "Maqtashi”mumkun edi..Lekin Shu vaqt Moxirani teli jiringladi..Nomerga hira ko’zlari bilan qaradi..Tel ekranida Rashidjonni nomeri turar edi…