 Mana azizlar,
ushbu voqeaning kechinmalarini
o'qib chiqdingiz. Barchangizni
bir savol qiziqtirayotgandir.
"Shahnoza, nima sababdan
Jahongirni tashlab ketdi ?" -
degan. Keling endi shunga ham,
aniqlik kiritib o'tsam ...
Shahnozani, Jahongirdan ko'ngli
sovushiga, begona bir yigitning
do'stlik taklifi, har xil
qimmatbaho sovg'alari-yu,
telefonda shirin so'zlari sabab
bo'ladi. Ya'ni, Shahnoza Jahongir
bilan gaplashib tursa-da, bir
begona yigit bilan ham, telefonda
gaplashib yuradi. U yigit,
telefonda adashib raqam terib,
Shanoza bilan tanishib qoladi.
Oldiniga do'stlashib oladi.
Shahnoza qanchalik do'stlikni rad
qilsa-da, telefon qilmasligini aytsa
ham, u yigit shunchalik unga
yaqinlasha boshlaydi. Keyinchalik
maqsadiga erishadi ham.
Shahnoza, Jahongirdan
yashirincha, u yigitning
do'stligini qabul qiladi. Ancha
vaqt, do'st sifatida gaplashib
yurishadi. Shahnoza yoqtirgan
yigiti borligini aytganda ham, u
yigit Shahnozani holi-u joniga
qo'ymaydi. Bora-bora ular
uchrashishadi va keyinchalik
yigit, Shahnozani sevib qoladi.
Unga har doim sevgi izhor qila
boshlaydi. Shahnoza rad etsa-da,
uni ranjitib qo'yishdan qo'rqib,
yana gaplashishda davom etadi.
Chunki, Shahnoza ham, o'sha
yigitga qattiq o'rganib qoladi.
Jahongir ko'p bor "Boshqa
yo'nalishga javob berilyapti" ga
ya'ni "Ojidaniya" ga tushardi.
Lekin Shahnozaga ishonchi
kuchli bo'lgani uchun, shubha
qilmasdi. Shahnoza esa, turli xil
bahonalar bilan uni aldardi. Shu-
shu, oradan bir yil o'tib,
Shahnoza begona yigitni ichki
dunyosini sevib qoladi. Ya'ni,
begona yigit bilan gaplashishga
qattiq o'rganib qoladi. Uning
ovozi, yoqimli erkalashlari,
butunlay es-hushidan ayiradi. Bu
esa, o'z-o'zidan Jahongir bilan
munosabatlarini sovushiga olib
keladi. Keyinchalik Shahnoza,
o'sha begona yigitni sevib qoladi.
(Yigiti bo'la turib. Tovba) U yigit
Shahnozaga, Jahongir bilan orani
ochiq qilishini ta'kidlaydi va tez
orada unga sovchi yuborishini
aytadi. Shahnoza oxir oqibat
Jahongirdan yuz o'giradi. Boshqa
insonni sevib qolganini aytishdan
qo'rqib, hechnarsani aytmay,
tezroq o'sha yigitga turmushga
chiqib ketishni ma'qul ko'radi.
Uning eng katta xatosi va
kechirilmas gunohi bo'ldi-bu. 3
yil "Go'zalim" deya ardoqlab
sevgan insonini, 1 yil yurib,
qanaqadir quruq va'dalar,
erkalashlar-u, qimmatbaho
sovg'alar ulashgan bir yigitga
almashdi. Bechora Jahongir esa,
"Qaysi gunohim uchun, nima
sabab meni tashlab ketdi ?" -
deya o'ylay-o'ylay, bu yorug'
olamdan joni uzildi... Jahongirni
taqdiri qanday bo'lishi haqida
o'ylab ko'rmagan Shahnoza, hech
bir sababsiz uni tashlab ketdi.
Endi e'tibor bering, bu qaytar
dunyo emasmi. Bu orada
Shahnoza ikki bor qiz farzand
ko'rdi. Ammo har ikkala qizaloq,
tug'ilishi bilan vafot etdi. Shunda
u, Jahongirning uvolida qolganini
tushunib yetdi. Qilgan ishidan
qattiq afsuslandi va Jahongir
kechirishini so'rab, har kuni
uning haqqiga duo qila boshladi.
Kim bilsin deysiz, Jahongir
Shahnozani kechirgan
ko'rinadimi, Shahnoza uchinchi
bor farzandli bo'ldi. Allohning
buyukligini qarang: uchinchi
farzandi o'g'il tug'ildi va o'lmadi.
Barchasini kech bo'lsada
tushungan Shahnoza, Jahongirga
va Allohga shukronalar aytib,
o'g'liga Jahongir deb, ism
qo'ydi ... Shuning uchun ham, bu
dunyoni "Qaytar dunyo"
deyishadi. Hech bir amal, javobsiz
qolmaydi. Kim qilsa, o'ziga !
Sevgan insoningizni hechqachon
tashlab ketmang ! Taqdir sizni
ajratmasa, sevgingizdan yuz
o'girmang ! Sevgisidan
ayrilganlarni ham, kelajakda
porloq hayot kutib turadi. Chunki
bu sinovli dunyo. Sevgi ham bir
sinovdir. Ayriliq bo'ladimi, nima
bo'lgan taqdirda ham, inson
sabrli bo'lmog'i lozim ! Bu
sinovlarga sabrli bo'lib, o'zida
kuch topa bilganlargina
g'olibdirlar va inshoolloh
Allohning mukofotiga loyiqdirlar !
Chin dildan sevsangiz, sevgan
insoningizga bevafolik qilib,
hechqachon tashlab ketmang !
Sevdingizmi, sinovlarini ham
yengib o'ting va oxirigacha
kurashing ! Inshoolloh, go'zal
hayot sizniki !!! mualif;killer
|