Shahnoza
qo'lidagi qog'ozni ochdi va
yozilgan matnlarni o'qidi...
- Shahnoza, men bu hayotda
birgina narsadan qo'rqardim.
Seni yo'qotib qo'yishdan ... Seni
tushimda, qanaqadir bir yigit
bilan ko'rgach, o'shanda birgina
qo'rquvimni ham, boshimdan
o'tkazdim. Shu qadar qo'rqdim-
ki, umrimda hali bunaqa qattiq
qo'rqmagandim va
hayajonlanmagandim.
Uyg'ongach, sog'inganimdandir,
tush o'ng bo'lib chiqmaydi deb
o'ylagandim. Lekin, ba'zan tush
ham, taqdirdan ogoh berarkan.
Ertasi kuni, seni haqiqatdan ham
tushimdagidek ko'rdim. Shundan
so'ng, hayotim butunlay ostin-
ustun bo'lib ketdi. Qalbimni
dardlar ezib yubordi. Kimga
dardlarimni to'kib solishni
bilmay, manashu oppoq
qog'ozga, xayolan senga
gapirayotgandek yozyapman.
Hatto ruchkani ham, xuddi
dardlarimni yozishga bardoshi
yetmaganday, rangi tugap
qoldi ... "O'z darding, o'zinga
buyursin" degandir balki ...
Shunchalik peshonam sho'rmi
meni ? Qolgan so'zlarni vujudim
ila yozyapman. Biroz bo'lsada,
menga taskin berar ... Nima ham
derdim, taqdirimda bor ekan,
shunaqa qismat. Eh Shahnoza,
orzularimizni, meni nimaga
alishding ? Hatto, mendan yuz
o'g'irib, tashlab ketishing
sababini, aytmay ketding.
Ketganing sababini bilolmay, har
kuni, har soniya seni o'ylab, ich-
etimni yedim. Shuni
xohlaganmiding ? Seni
hammadan, hatto o'zimdan ham
qizg'onardim. Seni butun
borlig'im bilan ardoqlab,
"Go'zalim" deya sevgandim. Sen
esa, ko'zlarimni qonga to'ldirib,
meni sababsiz tashlab ketding ...
Nima uchun bunday qilding
Shahnoza ? Nima uchun ?
Sababini aytib ketganingda, balki
buncha azoblanmasdim ... Bu
qilganing, hayotda qalbimga
nisbatdan qilingan eng og'ir
zarba bo'ldi. Shunchalik og'ir
botdi-ki, go'yo meni yashashga
bo'lgan ishtiyoqimdan butunlay
uzib qo'ydi ... "Inson, dardlarini
she'rlarda aks etdiradi" deb
eshitgandim. Qalbim dardlariga
bardosh berolmay, manashu
qog'ozga bir she'r bitdim. Shu
she'rda balki meni holatimni
tushunarsan deb o'yladim. Balki
bu she'rimni, qachonlardir
o'qirsan ... Eslagin, agarda kechalari yog'sa
yomg'ir. Bu degani, meni ko'zlarimdagi
yoshimdir. Agarda kelganda kuz, to'kilmasa
barglar. Bu degani men hazonman,
ustimda dardlar. Agarda kelganda bahor,
ochilmasa gullar. Bu degani, men yo'qman, lekin
yashar tuyg'ular. Afsuski, u tuyg'ularga egadir
o'zgalar. Nahotki endi seni erkalar, o'zga
qo'llar ... Qani endi ketganinga bo'lganida
bir aniq sabab, Kechalari
qiynalmasdim, buzilmasdi asab. Ko'zlarim nam bo'lmasdi,
uyg'onganda ertalab. Tushlarimga kirasan, o'zgalarni
erkalab. Endi seni qaytarish,
Oqayotgan suvni ortiga oqish
deganday gap. Endi qancha qilmay harakat,
hammasi befoyda, Sevgida yo'q qoida.
Sen mendan ketgansan, lekin
yo'q sabab ...
Ketma ! - deya ulgurmadim
senga, O'zga uzatgan gullarni,
Alishdingmi menga ? Kerakmas edi,
Oltinlardan dunyo ... Ne bo'lsa-bo'lgan,
Lekin sen kelmassan. Meni unutgansan,
Unutgim kelmas ... Seni tushimda ko'rdim, o'zga
bilan. Yuzingda tabassum,
Qo'lingda gullar bilan. Cheksiz sog'inchlar bilan,
Uyg'onib ketdim. Tush ekan-ku deya,
Xursand bo'lib ketdim. Ertasiga o'sha holda,
Turarding haqqattan. Ko'r bo'ldi, ko'z yoshlarim,
Chiday olmay alamdan. O'sha gullar, tabassum,
Men unutilgan bo'ldim. Keldi tushim o'ngidan,
Seni o'zga bilan ko'rdim. Bugun tushunib yetdim,
Seni bir umrga yo'qotdim. Lek ortingdan yig'lab qoldi,
Qalbimdagi hislarim ... Allohim, qilmishinga jim ketdim-
u,
Lekin ichimdan dodladim ... Achinib o'tgan kunga,
Izlayman sabab bunga ... Men tunukun o'ylab-o'ylab,
Ketganinga izlab sabab. O'zim-o'zimdan so'rayman,
Nedur ayibim, bilolmayman. Sen ketding be sabab mendan,
Izlayman sabab undan ... Seni taqdir uchratgandi menga,
Meni bog'lab olganding, o'z
qalbinga. Kimni deya tark etding sen meni,
Aytgin go'zalim, aybim nedir
meni ? ... So'zimni tugatishdan avval, yana
bir narsani aytib o'tishni joiz
topdim. Bilasanmi, oyim kelin
qilishni niyat qilardila. Shunda
oyimga, "Mana keliniz" - deya,
seni suratingni ko'rsatardim.
O'shanda oyim, "Unda to'yni
boshlaylik, kelinim bo'lishini
anchadan buyon niyat qilaman" -
degandila. Afsus, sen oyimga
kelin bo'lishni xohlamagan
ekansan ... Lekin, men bu
azoblarni yengib, oyimni orzu-
havaslariga albatta yetkazaman !
Balki, boshqa qizni senchalik
sevmasman. Lekin uni, senday
hechqachon tashlab
ketmayman ! Men baxtli bo'laman
hali ! Sen ham, topgan baxting
bilan baxtli bo'l ! Senga yomonlik
tilamayman. Eng katta deb bilgan
orzuyim, seni baxtli qilish edi.
Menga nasib qilmagan ekan ...
Alloh o'z panohida asrasin seni ...
Shu so'zlar bilan, Jahongir
qog'ozdagi izohlarini tugatdi.
Qog'ozni ko'ksiga mahkam
quchgancha, Shahnoza achchiq
ko'z yosh to'kdi. Jahongir, shu
darajada beg'ubor orzular
qilganini, tashlab ketganidan
so'ng, taqdiri bunaqa ayanchli
bo'lib ketishi mumkinligini,
xayoliga ham keltirmagandi ... Eh
attang ... Har xil dunyo qarashli
insonlar bo'larkan.
Davomi bor... mualif;killer
|