Главная » 2011»Май»5 » "Onang ko'ngli shodligini menga ber......."
16:00
"Onang ko'ngli shodligini menga ber......."
Shayx Mo'min Sheroziy masjidda hirqalarini yamab o'tirardilar. Bir kishi kelib, salom berdi-da, yonlariga o'tirdi. Shayx u kishidan so'radilar: "Qayerga ketyapsan?" U kishi dedi : "Hajga". Shayx: "Onang bormi?"- dedilar. U kishi : "Bor", deb javob berdi. Shayx aytdilar : "Orqaga qaytib, uning xizmatiga bor". U kishining yuzidan bu gap xush kelmaganini namoyon bo'ldi. Shayx dedi : "Men ellik bor Haj qilibman - bosh yalang, oyoq yalang va hamroxsiz. Barchasini savobini senga berdim. Sen onang ko'ngli shodligini menga ber"..... Ota farzandi bilan yetaklashib yo'lda ketayotganda. Hizr Alayxissalomni uchratib qoldilar. Ota darxol salom berib : "Ey Hizr bobo, mening o'g'limni bir duo qiling, ilm soxibi bo'lsin", dedi. Shunda Hizr Alayxissalom aytdilar: "Ey ota farzandingni o'zing duo qil, men yoningda qo'l ochib turaman. Chunki farzand uchun ALLOH xuzurida eng maqbul duo ota duosidir...... Otajonimizning, onajonimizning haqlariga duo qilamiz : "Parvardigorim, bizni (ular) go'daklik chog'imizdan tarbiyalab o'stirganidek, Sen xam ularga rahm-shafqat qilgin!" Xar bir farzandga ana shunday komronlik nasib etsin!