Ona qizini doim mehr bilan shunday deb erkalardi: "Jayron közligim, gözal yuzligim..." Vaholanki, qizchaning közlari g'ilay, körish qobiliyati ham past, yuzlari esa chechakdan qolgan izlar bilan töla edi. Qiz ham kichikligida onasining bu sözlariga ishonar, özini hammadan gözal his qilardi. Ammo katta bölgani sari haqiqatni anglab borardi. Har gal közguga qaraganida özining gözal yuzli, jayron közli emasligini körib onasini yolg'onchilikda ayblar, hatto yomon körardi. Shunday kunlarning biridа köz shifokorining onasiga aytayotgan gapini eshitib qoldi: "Körish qobiliyati tobora pastlab boryapti, yaqinda kör bölib qolishi mumkin..." Shifokorlar operatsiya qilinsa ahvoli yaxshi tomonga özgarishi mumkinligini, ammo bunga ham juda katta umid qilib bog'lab bölmasligini aytishdi. Qiz rozi böldi, axir noumid shayton deydilar. Uzoq davom etgan operatsiyadan keyin möjiza yuz berdi. Qizning közlari oldida dunyo ravshanlashdi. U juda yaxshi köra olayotgandi. Közguga qaradi, yuzlari judayam chiroyli edi. Hayrat bilan doktorlardan söradi: "Plastik operatsiya ham qildingizmi?" Shifokorlar jim bölib qolishdi. Nihoyat ulardan biri jimlikni buzib qizga javob berdi: " Yöq, qizim öziga mening közim bilan boqib, qanday gözal ekanligini körsin, deya onang öz közlarini senga berdi......"
|