YAKSHANBA, 2024.12.29, 11:28
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SEVGANIZ BORMI?
XAMMA JAVOBLAR: 2289

Статистика

XOZIR SAYTDA 7
MEXMON 7
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2014 » Январь » 10 » «Qovun tushirgan» Jinoyatchilar
23:29
«Qovun tushirgan» Jinoyatchilar

Butun yer yuzi bo‘ylab jinoyatchilik ham, unga qarshi kurash ham avj olib borayotgan bugungi kunda, har ikki tomon ham o‘ylab ish tutishga harakat qiladi. Albatta, jinoyatchilar ham anoyi emas, ular qayerda, qachon, qanday «hunar» ko‘rsatishni ko‘pincha oldindan rejalashtirib olishadi. Lekin jinoyatchilar orasida ba’zida «qovun tushirib» qo‘yadiganlari ham bo‘larkan. Internetdagi «sb.adverman.com» saytida e’lon qilingan quyidagi maqolada xorij davlatlarida sodir bo‘lgan ana shunday holatlarning ayrimlari haqida hikoya qilinadi. 

Giyohvand tomoshabin 

Chet davlatlardan birida bir ayol, o‘g‘li ishtirok etayotgan musobaqani tomosha qilayotgan paytida qo‘lga olindi. Bu tadbirda politsiyachilar musobaqalashayotgan bolalarga o‘z faoliyatlaridan namunalarni namoyish qilayotgan edilar. Navbat o‘rgatilgan itlarning hid orqali giyohvandlik moddalarini topish nomeriga keldi. It esa to‘g‘ri tomoshabinlar orasidagi ayolning oldiga kelib, qo‘lidan sumkasini tortib oldi-da, ichidan giyohvandlik moddasi solingan paketni chiqardi. 

«Voyaga yetgan» talonchi 

Bir yigit qo‘lida qurol bilan kichikroq magazinga bostirib kirdi va kassadan pul talab etib, tahdid qildi. Olingan «o‘lja»ni sumkasiga joylagach, peshtaxtada turgan, katta butilkadagi viskini ko‘rib, ko‘zi o‘ynab ketdi. Uni ham olib ketmoqchi bo‘lgan edi, sotuvchi ayol qarshilik bildirdi. «Sen hali yoshsan, spirt¬li ichimlik xaridi uchun ruxsat beriluvchi yoshga yetmagansan», dedi. Bu boradagi tortishuvlardan so‘ng, talonchi o‘zining 21 yoshga to‘lganligini isbotlash maqsadida cho‘ntagidan haydovchilik guvohnomasini olib, sotuvchiga ko‘rsatdi: «Mana, haydovchilik guvohnomam ham bor, ko‘rib qo‘y, men 21 yoshga to‘lganman!». Sotuvchi hujjatni sinchiklab o‘qib chiqqach, viskini talonchi yigitning sumkasiga solib berdi.Talonchi ikki soatdan so‘ng o‘z xonadonida hibsga olindi. Chunki sotuvchi uning haydovchilik guvohnomasida ko‘rsatilgan ism-sharifini, turar joy manzilini eslab qolib, politsiyaga xabar bergan edi… 

Savodsiz po‘pisaboz 

Amerikalik bir kishi bankni o‘marishga qaror qildi. U «Bank of America»ga bordi va bankning depozit blankasiga taxminan quyidagi mazmunda po‘pisa xati yozdi: «Bu talonchilik. Hamma pulni paketga joylab, bu yoqqa uzat!». Keyin u xatni topshirish uchun xotirjam borib, omonat olinadigan tuynuk oldida navbatga turdi. Lekin o‘sha paytda birdaniga shubha va gumon iskanjasida qoldi: «Atrofimda odamlar bor edi, xatda nima yozganimni ko‘rib qolishgan bo‘lishsa-ya! Balki allaqachon politsiyaga ham xabar berishgandir?». U shu o‘y bilan bu bankni tark etib, darrov ko‘chaga chiqdi. Yo‘lning narigi betida esa «Wells Fargo Bank» bor edi. Talonchi ko‘p o‘ylab o‘tirmay, o‘sha bankka kirdi. Bu yerda odamlar oz edi, tezda uning navbati keldi. Nihoyat, kutilgan lahza: talonchi qo‘lidagi xatni operator qizga uzatdi. Operator ancha aqlli qiz edi, yozuvdagi imlo xatolari va boshqa ba’zi holatlarni hisobga olib, talonchining aql doirasi haminqadarligini tezda fahm¬lay bildi. U xotirjamlik bilan, bu arizani ololmasligini, chunki u «Bank of America»ning blankasiga yozilganini, bu yer esa «Wells Fargo Bank» ekanligini ma’lum qildi. Shuning uchun mijoz o‘z arizasini «Wells Fargo Bank» blankasiga yozishi yoxud «Bank of America»ga qaytishi lozimligini tushuntirdi. Xafa bo‘lgan talonchi bankni tark etdi, qiz esa zudlik bilan politsiyaga qo‘ng‘iroq qildi. Besh daqiqadan so‘ng talonchining qo‘llariga kishan solishdi. Bu paytda u yo‘lning narigi betidagi «Bank of America» tuynugi oldida navbatda turgan edi… 

Konvertdagi suratlar Angliyalik bir haydovchining tezlikni oshirgani avtomatik radar yordamida aniqlangan edi. Ma’lum muddatdan so‘ng pochta orqali unga jarimaga tortilgani haqidagi hujjat va o‘z avtomobilining fotosurati yetib keldi. U jarimani to‘lash o‘rniga, politsiyaga jarima miqdoricha pulning fotosuratini pochta orqali jo‘natdi. Bir necha kundan so‘ng unga yana politsiyadan konvert keldi. Bu konvertda ham fotosurat bor edi, faqat… kishanning surati! Bu fotosuratning badiiy ku¬chi g‘aroyib darajada ta’sir qildi – politsiyaga kelgan navbatdagi konvertda to‘lov haqidagi ma’lumotnoma bor edi… 

«Ishonmasang, ochib qara!» AQShning Michigan shtatida bo‘layotgan sud paytida giyohvandlik moddalari saqlaganlikda ayblanayotgan sudlanuvchi Kristofer Yansen norozilik bildirdi: - Meni ordersiz tintuv qilishdi! Prokuror bunga javoban shunday izoh berdi: - Tintuv paytida Yansenning egnidagi kurtkasi qandaydir g‘alati do‘ppayib turardi, shuning uchun ofitser uning kurtkasi ostida to‘pponcha bor deb gumon qilgan. Bunday hollarda esa uni tintuv qilish uchun order ham shart emas. - Bo‘lmagan gap! – dedi Yansen. – Mana, o‘sha kurtka hozir ham egnimda. Xo‘sh buning qayeriga to‘pponcha yashirish mumkin? Shu so‘zlarni aytib, u kurtkasini yechdi va sudyaga uzatdi. Sudya¬ esa kurtkaning yashirin cho‘ntagidan… kokain to‘la paketni topib chiqardi. Sud majlisi tanaffus e’lon qilishiga to‘g‘ri keldi, chunki ko‘pchilik sud a’zolarining kulgidan o‘zlarini to‘xtatishlari qiyin bo‘ldi. 

Tilidan ilindi 

AQShning Oklaxoma shtatidagi yana bir sud ham qiziq o‘tgandi. Sudda qurolli talonchilik bo‘yicha sud qilinayotgan Denis Nyuton jahl ustida advokatini haydab soldi va o‘zini o‘zi hi¬moyalay olishini e’lon qildi. Chindan ham, u asosli javoblar berib borardi, faqat bir joyda «qovun tushirib» qo‘ydi. Prokuror talonchilik sodir etilgan magazin menendjerini guvoh sifatida so‘zga chiqardi. U talonchini tanib qolgandi. Shunda jahli chiqqan Denis menendjerni tuhmatchilikda aybladi: - Afsus, o‘shanda sening peshanangdan darcha ochib qo‘ysam bo‘larkan! – dedi u qizishib ketib. Keyin «qovun tushirganini» anglab yetib, darhol qo‘shib qo‘ydi: - Albatta, o‘sha yerda bo‘lganimda edi… Uni o‘ttiz yillik qamoqqa jo‘natish uchun sud zalida yig‘ilganlarga atigi yigirma daqiqa vaqt kifoya bo‘ldi. 

Qiziquvchan qochoq Detroyt shtatida politsiyachilar yo‘l chetida to‘xtab turgan holda, o‘z patrul mashinalariga o‘rnatilgan yangi kompyuter qurilmalarini atrofdagi qiziquvchan bolalarga ko‘rsatayotgan edilar. Shu yerda sayr qilib yurgan bir yigit ham qiziqib, «bu matoh» qanday ishlashini so‘radi. Politsiyachi qurilmaning qanday ishlashini amalda ko‘rsatib berish niyatida uning haydovchilik guvohnomasini olib, undagi ma’lumotlarni kompyuterga kirita boshladi. Bir necha soniyadan so‘ng esa bu bechora yigitni barcha qonun-qoidalarga asosan qo‘lga olishdi. Chunki kompyuter ekranga chiqarib bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yigit Missuri shtatining Sent-Luis shahrida, bundan ikki yil oldin sodir etilgan qurolli talonchilik jinoyatining faol ishtirokchisi bo‘lib, qidiruvda ekanligi ma’lum bo‘lgan edi. 

Sug‘urta qilingan sigaralar 

Amerikalik bir janob juda qimmat va kamyob bo‘lgan sigaradan bir quti sotib oldi. Bu mol shu qadar qimmat ediki, bu tadbirkor kishi ularni hatto sug‘urta qildirib ham qo‘ydi. Sug‘urta shartnomasida yong‘indan sug‘urta ham bor edi. Bir oydan so‘ng sigaralar tugadi. Ularni sotib olgan janob sug‘urta polisi bo‘yicha ilk vznosni hali to‘lamagandi ham. Shunga qaramay, u sug‘urta kompaniyasiga ariza bilan murojaat qildi. Arizada «Sigaralar «kichik yong‘inlar seriyasi» oqibatida yonib ketdi», deyilgandi. (Eslatib o‘tamiz: inglizchada «olov» ma’nosi ham, «yong‘in» ma’nosi ham bitta – «fire» so‘zi orqali ifodalanadi.)Tabiiyki, kompaniya sug‘urta pulini to‘lashdan bosh tortdi, axir mijoz sigaralar uchun eng tabiiy bo‘lgan usulda ulardan foydalangan edi-da. Janob nima ham qila olardi, sudga murojaat etdi va… yutib chiqdi! Sud qarorida ko‘rsatilishicha, da’vo arizasi garchi uncha jiddiy bo‘lmasa-da, uni asoslovchi ashyoviy dalil – sug‘urta polisi mavjud. Unda esa sigaralarni yong‘inning har qanday turidan sug‘urta qilinganligi ko‘rsatilgan bo‘lib, bunda yong‘inning «ixtiyoriy ravishda» yoki «tasodifan» kelib chiqishi aniq belgilab qo‘yilmagandi. Shunday ekan, sug‘urta kompaniyasi polisda belgilangan miqdordagi to‘lovni amalga oshirishi shart. 
Sug‘urtachilar uzoq muddatli va qimmatga tushuvchi apellyatsiyalar bilan boshlarini og‘ritib o‘tirgandan ko‘ra, o‘sha «yonib ketgan» sigaralar uchun o‘n besh ming dollar to‘lab qo‘ya qolishni afzal bildilar.Ammo janobning quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi. Chek bo‘yicha bankdan naqd pullarni olishi bilan uni hibsga olishdi. Xuddi o‘sha sug‘urta polisiga va suddagi o‘z ko‘rsatmalariga asosan, uni… «sug‘urta qilingan mulkni ongli ravishda, yoqib yuborish yo‘li bilan 24 marta yo‘q qilish»da ayblashdi. Yangi sud jarayoni natijasida janobga 24 oy qamoq jazosi belgilandi va 24000 dollar miqdorida jarima solindi.

Категория: QIZIQARLI | Просмотров: 1397 | Добавил: ABDULAZIZ | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 3
3 carlione707   (2014.01.10 16:20) [MALUMOT]
z6rkan

2 FARRUH_6777   (2014.01.10 00:25) [MALUMOT]
зур экан

1 Don1221   (2014.01.09 23:50) [MALUMOT]
zorku

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2024 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz