Izhoring his etib,yayrayin bugun..!
Nozingla nafaslar olayin jonim..!
Ko’ksingda yoqayin,ishqni betutun..!
Yayrasin yuragim,visollaringdan.,
Ko’zlaring domiga ketayin cho’kib..!
Umid ber,beraqol timsollaringdan,
Izhorlar etayin,yoshlarim to’kib..!
Ilhom parilari,bo’libdi mehmon,
Ko’ksimga nafasin,qo’yibdi joylab..!
Omon qololmayman,jonginam omon,
Azoblar cheksamda soatlab,oylab..
Nozli kulgularing,aylabon malham,
Ro’yhushlik qilaqol,muhabbatimga..
Betoqat oshig’ing,garchi bo’lsam ham,
Olaqol,ehsonim himmatlarimga..!
Taftlaring,naqadar mayinlik qilib,
Yuragim tubini o’ysinlar mayli..!
Mingpora ko’ksimni naqadar tilib,
Tushungim sevgilim zamona zaylin..!
Garchi izhorlaring begona bo’lsa,
Ho’rlangan ishqimni yaratgan samo..!
O’ksim yurakkinang sevgimni tuysa,
Gapira olmasman,bil’aks ammo..!
So’zlarim-la angla,qanotlar sozi,
Zaminlar ostidan hanuz bo’ylaydi..!
Bemaskan qushlarni tungi parvozi,
Zulmatga ko’ksini iylaydi..!
So’nib bitmasidan ovozni ilg’a.
Bular men sochganim anduh yoki g’am,
Sevgimni satrini kuylaydi jilg’a,
Ko’nayotir axir vidolarga ham..!
Qish keldi,yerlarga sochib ziynatin,
Yo rabbiy malham ber dardlarimizga..!!
Axir bilolmayman hayot hikmatin,
Tozalik yetmaydi gardlarimizga..!
Mahbubim,nafisim aylayqol nazar,
Mushfiq oshig’ingni siylagin biroz..!
Hech qursa qilaqol mahshardan habar..!
Tunlar siyratingni kutganligim rost..!!
Axir anglab yetmay bir birimizni,
Qish keldi..qor bosdi bor sirimizni..!
Muallif:EL_SHaFeY