O’sha damda menning anchagina yosh bo’lgan tasavvurlarim urushning asl mohiyatini anglash darajasidan anchagina yiroqda edi.. Tun cho’kishi bilan men qadrdon tepaligim tomon oshiqdim.. Bahtimga Lobar bog’ to’rida joylashgan Molxonani atrofida o’ralashib yurgan ekan..Qo’lim bilan imlab chaqirganimdan so’ng,ko’pam kuttirmasdan tepalikka chiqib keldi.. -Nima gap o’zi..?Kechadan beri tepalikka yopishib qoldingiz..?nozli ovozda dedi Lobar.. -Senda zarur gapim bor edi..shuning uchun ham shu tepalikka chiqib poylayotgan edim..Seni qara-yu,endi aytmayman..! -Xaaaa.darrov hafa bo’ladigan bo’lib qolibsizmi-a!!Lobar qah-qah etib kulgancha so’zida davom etdi.. -Bo’ldi..bo’ldi endi kulmayman..qani biiir eshitaylikchi..! -Bilasanmi..Men ertaga Armiyaga ketayapman..! O’rtaga birdan og’ir jimlik cho’kdi.. Hayron bo’lganidan Lobarning ko’zlari katta katta bo’lib ketdi.. -Nahotki..!Shu rost bo’lsa..?! Uning savol nigohi bilan qaragan ko’zlariga ortiq bardoshim yetmadi.. -Afsuski,buni barchasi haqiqat..! Uning hayron bo’layotganiga sabab bor edi albatta..chunki o’sha yillari Urushdan qaytib kelganlar soni sanoqligina edi holos..Shuning uchun ham mahallada yashaydigan odamlar,bu so’zlarni baholiqudrat tushunar edilar.. O’rtadagi jimlikni mening ovozim buzdi.. -Buncha hafa bo’lsan Lobar..Axir men huddi borsa kelmasga ketayotgandek .2 yil g’ir etib o’tib ketadi axir..!SHuning uchun seni bunchalar qayg’urishingga hojart yo’q..! -Bilasiz-ku Sahob aka,nimalar bo’layotganini..SHuning uchun ham meni yupatishga urinmang,. Uning ko’zlaridan tirqirab yosh chiqa boshladi.. Meni ko’nglim allanechuk bo’lib,uni yupatish uchun so’z topa olmay qoldim.. SHunda Lobar birdan meni mahkam bag’riga bosdi.. -Iltimos ketmang..Siz ketsangiz men nima qilaman..! O”shanda ilk bor uni bag’rimga bosganimcha mayin sochlarini silab yupatganim hotiramda muhrangan bir tuman kabi ro’yo bo’lishi mumkun ekanligini bilmas edim.. -Hat yozib turishga va’da ber..!Men ham doim yozib turaman,Hudo hohlasa qaytganimdan so’ng alabatta birga bo’lmiz..Axir men senga aytganman-ku,birga bo’lamiz deb..!Menga ishonasan to’g’rimi..!? U arang boshini qimirlatdi.. Tuni bo’yi oyimning ho’ngrab yig’lagan ovozi eshitilib turdi.. Ertasi kuni ertalab oyim bilan birgalikda voenkomatni oldida turar edim.. Odam tashiydigan xarbiy avtomashina yonida qishloq yigitlari to’planib turishar ularni navbatma-navbat mashina tiqishar edi.. Oyim menga to’xtab tur degan ishorani qildilaru Raisni oldiga shaxdam yurib ketdilar.. Mendan ancha narida turgan bo’lsada Oyimning ko’zlaridagi "o’tinch” hamda Raisning og’iz qimirlatishidan ularni aynan nima to’g’risida gaplashaytganlarini ilg’ay boshladim.. Chamasi o’n daqiqalar davom etgan suhbat unchalik yahshi yakun topmadi shekilli oyimning orqaga qaytdi.. "O”g’lim” deya so’z boshladi oyim engi bilan ko’z yoshlari artar ekan.. -Otang vafot etgandan so’ng yakka yolg’iz umidim sen eding..O’zing yahshi bilasan hozirgi davrda barcha qishloq yigitlarini boshlariga ne kunlar tushayotganini,o’zingni ehtiyot qil bolam..Seni singling ikkimiz yahshi ko’ramiz..Ilohim boshing toshdan bo’lsin..Oy borib omon qayt..!Qo’llari bilan kamzullari ba’ridan non olib menga tishlatdilar.. -Bo’laqol oysha..Bugungi prezep jo’nab ketishi kerak..! Raisning baqirgan ovozi eshitildi.. Oyim meni mahkam bag’rilariga bosgancha,”oq yo’l”deya pichirlay oldilar holos.. Men esa onamga alanglab qaragancha qadam bosdim.. Bizni barcha yigitlar bilan birgalikda avtomashinaga chiqarishdi.. -Iya og’ayni seni ham qoldirishmabdi-da, Gapirgan odam tomonga qaradim.Ne ko’z bilan ko’rayki bu sinfdoshim Maxmud edi. O’zimcha "Nima bo’lsa ham bir o’zim emas ekanman-ku,maxalladan "deya taskin bergan kishi bo’ldim.. -Xa endi,sen katayotganingni eshitib,bir o’zingni jo’natgim kelmadi-da og’ayni..deb qo’ydim.. Ichkarida o’tirgan yigitlar bir biri bilan hazil-huzil qilib gaplashishar yana kimdir esa oilasi tomonga qo’l siltar edi.Endigina 19 yoshni qoralagan menga o’hshagan yigitchalar esa Urush nima ekanligini anglamagan holatda bir birlari bilan huddi uydagidek chaqchaqlashib suhbat qurishar edi.. Mening ko’zlarim esa shu damda mashinadan ancha uzoqroqda men tomonga qo’l siltayotgan Lobarga tushdi..U qo’llaridagi ro’molchasini balind ko’targancha menga "oq yo’l”tilar edi.. MEning ongimda esa ayni shu damda huddi yuragimni yarim bo’lagini aynan shu Lobarni ro’molchasiga bog’lab ketayotganimdek tuyilar edi.. "Qaani ketdik” oldingi tomondagi mashinada qichqirgan ovoz eshitildi.. Mashina matorlari shovqin solgancha tuproq ko’chani changini chiqarib oldinga intildi.. Ortda esa qishlog’imiz,meni qadrdon ondam hamda Sevikli Lobarim chang orasida ko’zdan yo’qola boshladi.. Mashinalar esa bizni ancha olis bo’lgan manzil tomonga shitob bilan olib keta boshladi…
Biz mingan mashinalar manzilga tobora bizlarni yaqinlashtirar edi.. Yonimdagi sheriklarimning uzuq yuliq gaplariga qaraganda biz joylashgan mashinalar kolonnasi Turmaniston davlatiga kirib borayotganini bildim.. Maxmud mening yelkamga qo’lini tashlagancha so’z boshladi: -Og’ayni,sevgini tashlab ketish juda og’ir-a?! Men hayollar girdobidan chiqib unga alanglab qaradim. -Har holda armiyaga borayapmizku o’rtoq..!Borishimiz bilan bizni otib tashlashmasa kerak har holda..?! MAXMUD chuqur o’yga tolgancha so’zida davom etdi: -Bilasanmi og’ayni,o’tgan safar biz bilan birgalikda ketayotgan aynan shu mashinalarda qishlog’imizdan 20 nafar yigit bizga o’hshab armiyaga ketgan edi..Ammo ularning 18 tasidan uylariga qora hat keldi..Undan so’ng esa ularning taxta tobutga mixlangan jasadlarini olib kelib tashlashdi..Hatto maxilla raisi bilan voenkom ruhsat berishmadi ularni ochib qarashga.. Bilmadim u taxta tobutlarning ichida o’liklar qanday holatda ekanligini..Ularning onalari va otalarini qanchalik uvvos solib yig’lashganini ko’rganingda edi,balkim unday demagan bo’lar eding..degancha og’ir ho’rsinib qo’ydi.. -To’gri astasan og’ayni..ammo shu narsani bilib qo’y..!Biz albatta tirik qaytamiz..tushunayapsanmi tirik..! -Umid qilaman ..degancha Mahmud jim qoldi… Men shunda angladimki undagi qandaydir umidsizlik hissi juda ham avj olib borayotganini..shuning uchun ham uning ko’nglini ko’tarishga unchalik urinmadim ham.. Mashinalar nihoyat manzilga yetib to’htadi.. 2 kun davom etgan yo’l azobidan so’ng nihoyat biz manzilga yetib keldik.. Biz joylashgan xarbiy maskan juda ham qattiq tartibda qo’riqlanar edi.. "Karantin:degan narsalarning asl ma’nosi ham shunda ekanligiga aqlim yeta boshladi.. Bizni "chast”ning ichiga olib kirishgandan so’ng bir necha soat ichida ust bosh kiyimlarimizni axlatga uloqtirib,harbiycha lobis kiydirishdi.. Ust boshidagi kiyimlari bilan farq qilib turgan yigitlar bir pasda xarbiycha kiyim bilan siylangandan so’ng bir hil bo’lib qoldi.. SO’ngra tushlik bo’lgani sabab,yahshigina temir idishlarda "nomigagina yog’ solingan,aftidan so’yilganiga ancha yil bo’lib,ilvirab ketgan mol go’shti parchasi solingan "Borsh”bilan mehmon qilishgandan so’ng,hariy darslarga navbat keldi… Bu yerda o’sha vaqtlarda avj olgan narsa ya’ni biz unchalik brogan vaqtlarimiz anglamagan "dedovshina”degan narsalar shu darajada avj olgan edi-ki,hatto komandir botolionni aytganini qilmasa ham bizga o’shagan yangi "do’x”lar "dembillarimiz "aytgan barcha narsalarni muhayyo qilar edik.. Shunday holatda men o’z hizmatimni boshladim.. Kunlar biz zalda o’ta boshladi..BU yerda qishloq yigitlarda eng saralarini ya’ni,mening kabi baquvvat bilaklari hamda o’z epchilligi bilan ajralib turuvchi yigitlarni ajrata boshladi.. Bizni Afg’onistonning qaynoq nuqtalariga jo’natish uchun atigi 3 oy vaqt berilgani boisan ham tayorgarlik mashg’ulotli juda ham kuchli tarzda o’ta boshladi..Xatto kechasi ham tinim yo’q edi.. Ammo armiyani o’z nomi bilan armiya deb qo’yishgani bois barcha yigitlar armiyaning ko’rinmas nizomlariga bo’ysinishga majbur edilar.. Kechqurun yotishimiz bilan "dembil”degan askar yigitlar yotoq joyimizga kelib sherik yigitlarni qiynashni boshlar edilar.. O’sha paytlarda angladim,bizning egnimizga kyilgan bu harbiy lobosda qandaydir qudratli sehr bor edi go’yo..Agar bu yerda olgan qiynoqlarimizni qishloqda olganimizda balkim dunyodan to’yib o’zimizni o’ldirib yuborar edik balkim.. Bir kuni tun cho’kdi.. Xonamizga daf’atan "dembel”lardan biri kirib keldi.. Ro’parada yotgan askarni yoniga chaqirdi.. -QO’lingni barmoqlarini g’uncha qil..!”buyruq ohangida dedi "dembil” Haligi askar qo’rqa pisa uning yoniga tushdi-yu,qo’llarini guncha shakliga oldi..”Dembil”qo’lida ushlab turgan ignalarni haligi askarni dodladgancha barmoqlariga sancha boshladi.. Askar dodlar,bundan zavqlangan "dembiL”qo’lidagi ignalarni hafsala bilan uning tirnog;I ostiga sanchar edi.. Birozdan so’ng askarning barmoqlari qontalash bo’lib ketdi.. Dembil buyurdi: "G’uncha ochilsin..!” Haligi askar qo’llarini ochgan edi,tirnoqlari ostidan tirqirab qon otildi.. Uning qo’llari ochilgandagi bu holati haqiqatdan ham ochilayotgan g’unchani eslatar,faqat farqi shunda ediki qizil atirgullar insonga quvonch bahshida etsa,ushbu ochilayotgan "guncha’askarning alvon rangli qonidan hosil bo’layotgan edi.. Xarbiy qismda esa,bizlar olayotgan "Palichkani”dembillarimiz yamlamay yutayotgani boisdan ham o’g’rilik rosa avjiga chiqqan edi..O’sha damda ilinjimiz faqat oshhonada berilayotgan 3 mahal ovqatga qaragan edi..Balki ochlik dastidan o’sha damlarda qo’yib bersa askarlar.,aksariyat holatda :do’x”lar hatto tank ni sotib yuborishga ham tayyor edi.. Kechalari esa oyog’imizdagi "sapok”larimizni yotayotgan krovatimizni oyog’lariga tiqib qo’yar edik.. Hatto stulchaga tahlanishi kerak bo’lgan kiyimlarimizni ostimizga solib yotar edik.. Ahvol esa shu darajaga brogan edi-ki,maboda kechasi qattiqroq uhlaydigan yigitlarni krovatini ko’tarib sapoklarini hamda ostidagi sim krovatning teshiklaridan kiyimlarni o’girlab ketishar edi.. Men esa guruhimizdagi "Marskoy Pexotaga "tanlangan askar bo’lganim uchun dembel lar bila munosabatim ancha yahshi edi.. SHuning uchun ham botolionda bemalol yurardim va men qatori hizmatga kelgan yigitlarga hatto gapimni o’tkazar edi.. Balkim o’sha vaqtlari menda o’zimga nisbatan ishonch hissi shakllana boshlagan bo’lsa ne ajab..?! Dembillarning menga nisbatan ishonchi ham behoya edi.. SHuning uchun ham asosiy dam olish vaqtlarimni ular bilan birga o’tkazar edi.. Bir safar ular bilan birgalikda "kazarma”ning 2 qavatida aroq ichib o’tirganimdan "kombat”habardor bo’lib qoldi.Yuqori qavatdan uning koridorga kirib kelayotganini ko’rib qolganimizda esa ancha kech bo’lgan edi. Haligi ulfat bo’lga 3 ta dembil esa menga qarab "Aroqni yo’qot..!”dedi.. Dembillarning bu tahlid gapi esa bizga o’hshagan "do’x”lar uchun inkor etib bo’lmas qonun edi.. Men qo’limdagi spirt solingan bochkachani quchoqlagancha pana joy qidira ketdim.. Ammo aksiga olib bunday pana joyni biz ichib o’tirgan honadan toppish mumkun emas edi.. Nima bo’lsa bo’ldi deb o’zimga o’zim pichirlagancha o’zimni qo’limdagi bochkani quchoqlagancha 2 qavat derazasidan pastga otdim…
Askarlarga hurmat yoq odam dep kormaydi birtarafdan dedovshinolar birtarafdan serjantlar qisim korsatadi bunaqada askar faqat oz joniga pana qidiradi va potryot hislari yoqolip ketadi