Amerikalik dizayner Brayan Sera (Bryan Cera) mobil telefonlarining hozirgi zamonaviy ko‘rinishi eng yuksak orzudagilardan ancha uzoq deb hisoblaydi. Uning fikricha, ular butunlay boshqacha, yanada ixcham shaklda bo‘lishi lozim. O‘z so‘zining tasdig‘i uchun Glove One deb nomlangan shaxsiy loyihasini taqdim etdi, mazkur Mobil telefoni qo‘lqopni eslatadi.
Brayanning ta’kidlashicha kelajakda telefonlarni o‘zimiz bilan olib yurish emas, balki ularni kiyib yurishimiz mumkin. Umuman olganda, kelajakda odamlar elektronika bilan butkul bog‘lanib yashashlariga qattiq ishonadigan futuristlar bashoratlarini tasdiqlaydi. Ayrimlar inson organizmining tabiiy qobiliyatlarini kengaytirishga yordam berishi uchun o‘zlariga ko‘plab qurilma va modullarni o‘rnatsalar, boshqalar esa kiyib yurish imkoniga ega bo‘lgan turli variantdagi gadjetlar bilan chegaralanadilar. Shu sababli loyiha mualliflari Glove Oneni seriyali mahsulot sifatida chiqarishni rejalashtirmaganlar, mazkur ish faqatgina g‘oyaviy maqsadni ifoda etadi, xolos.
Kaftning orqa qismida telefonning asosiy qismi, jumladan, SIM-kartalar va indikator statusi uchun slot joylashtirilgan, Brayan klaviaturani barmoq suyaklariga joylashtirgan. Ularda o‘nlab raqamli klavishlar, shu-ningdek, qong‘iroqlarni qabul qilish va to‘xtatish tugmalari joylashtirilgan.
Suhbatlashish uchun esa bosh barmoqni quloqqa bosish, jimjiloqni esa oldinga cho‘zish kerak, dinamik va mikrofoni elementlari shunga moslab joylashtirilgan.