Qo'rqaman bir kuni unsiz o'lishdan, Urib turgan jonimni ruxsiz qolishidan. Xozir men yer ustida yuribman sakrab, Erta indin yer ostida yotarman muzlab.
Qo'rqaman dunyoda nomsiz o'lishdan, Bag'rimga gul emas tikon bosishidan. Eh kecha men kim edim o'zimga-o'zim, Mana endi toparman jonimga to'zin.
Dunyo tashvishlarini yukladim qop-qop, Molu davlat to'pladim bo'g'zimgacha ko'p. Boshimni ko'tarsam osmonga baland, Dushmanim ham yonimda bo'ldiku hamdard.
O'zligimni unutmadim o'zgani sevdim, Meni emas mansabimni sevibdi yorim. Vaqt kelganda obru meni tark etganida, O'zga inson yelkasiga bosh qo'ydi zolim.
Ishonmayman insonlarga o'zimdan bo'lak, Dardkashlarim qolmaganday tuyular har vaqt. Ota-Onam jannat boshim omon bo'lsinlar, Meni aslo yolg'iz tashlab qo'ymagan ular.
Qo'rqaman yolg'izlikla birga o'lishdan, Yolg'izlik men uchun eng katta jazo. Bu dunyoda dushmanim ko'p do'stlar bilaman, Yaqinlarim yonimda lek ko'zlari ko'rman.
Qo'rqaman azobli dardli o'lishdan, Yuragimga faryod solar dardlarim mahkum. Dilimdagin aytaolmam o'zgaga xech ham, Shukur qilib yashayapman boriga men ham.!