Nomingizni saqlab hun yuragimda Bir marta ko’rmoqqa bo’laman intiq. Sizni izlab turib har qadamimda Topib olmoqlikdan qo’rqaman qattiq.
Sizsiz o’tgan kunim to’la iztirob, Sizla yashamoq ham azobdir biroq. Zor-zor kutganimcha bo’lsam da hunob, Kelmasligingizni hohladim ko’proq.
Siz – shirin azobim, sog’inchim mangu, Achchiq so’zingiz ham dardimga malham. Sizni sevishimni tan olmayman-u, Ammo ko’zni yumib tonolmayman ham.
Ikki o’t ichida topmasdan to’zim, Sevgimni tubsiz bir jarga tashlayman. Sizni so’rab turib tangrimdan o’zim, Berib qolishidan qo’rqib yashayman
|