Sevdimu eng suluv sanamni, Unga berdim ko‘ngil xonamni, Bir bevafo qizga yoqay deb, Ko‘p qiynadim yolg‘iz onamni. Ul malakka ko‘nglim ochardim, Poyiga dunyoni sochardim, Volidam chorlasa qochardim, Ko‘p qiynadim yolg‘iz onamni. Xiyonatdan yuzim sarg‘aydi, Yuragimni aqlim qarg‘aydi, Yiqilsam xolim kim so‘raydi, Ko‘p qiynadim yolg‘iz onamni. Muz edimmi erib ketyapman, Chinormidim chirib ketyapman, Nahot yerga kirib ketyapman, Ko‘p qiynadim yolg‘iz onamni. Ota, axir nima qil deysiz,g'amxonangdan tezroq chiq deysiz, Kamon bo‘ldim nishonsiz yoysiz, Ko‘p qiynadim yolg‘iz onamni. Odam o‘lmas uyi bo‘lmasa, Azamas-ku to‘yi bo‘lmasa, Hasan yo‘qdir kuyi bo‘lmasa, Ko‘p qiynadim yolg‘iz onamni.
|