«Mening ismim Xon»dagi voqealarning ayrimlari Shoxrux Xon hayotida ro`yoga aylandi. Achinarlisi, bu qandaydir hazil yo oldindan uyushtirilgan sahna emas! Nyu-Jork xalqaro aeraportida Bollivudning eng taniqli aktyorini uning ishtirokidagi eng mashhur kartina "Mening Ismim Xon”dagi kabi tintuv qilishdi. Balki, haqiqatan amerikalik xavfsizlik xizmati xodimlari hind musulmon mashhurni terrorchi deb o`ylashgandir?!
Birinchi bora Xon hayotidagi bunday voqea 2009 yilda aynan shu aeraportda yuz bergandi. Immigratsiya va boj departamenti tomonidan uning shaxsiy buyumlari tintuv qilingani katta shov-shuvlarga sabab bo`lgandi. O`sha damda aktyor "Mening ismim Xon”da suratga tushishu chun kelgandi. Bu gal ham ushlab qolinishining sababi aytilmay, qo`yib yuborilgan "Qirol Xon” Yale Universityga 3 soat kechikib keldi va yig`ilganlarga qarata shunday dedi:
"Yana shu ahvol. 2 soat vaqtimni olib, keyin qo`yib yuborishdi. Ҳamisha va har qaerda o`zimni osmondagi yulduz kabi his qilaman. Amerikaga kelsam, erdagi oddiy odam bo`lib qolaman! (kuladi)”
Qoyil, aeraport ham bir "tarbiyachi” bo`lsa! Bollivud tugul butun dunyoning o`ziga bino qo`ygan, o`zidan ketib qolayotgan yulduzlarini aynan shu aeraport xodimlari qo`liga yuborish kerak ekan! )))
Bizdan kim deysizmi? Yu.U, N.U., G.M, Sh.j, Sh va yana bir qancha oddiy xalqni ko`ra olmayotgan ko`zini yozbosganlar!
Jasur