Shveytsariya moliyachilari Ukraina grivnasini eng chiroyli deb tan olishdi. Xalqaro moliya bankining estetika bo‘yicha komissiya yillik yig‘ilishi yakunida shunday qarorga kelindi, deb yozadi ITAR-TASS agentligi.
Grivna ushbu unvonga ikkinchi marotaba loyiq topilishi. 2008-yilda ham Xalqaro moliya banki Ukraina grivnasini eng chiroyli deb tan olgan edi, qolaversa, u qadimiy pul birliklaridan biri hamdir.
Shveytsariyalik moliyachilar fikricha, eng chiroyli pul birliklari beshtaligiga quyidagilar kiradi: Ukraina grivnasi, Avstraliya dollari, Yevro, Bolgariya levi va Amerika dollari.
Ma’lumot uchun aytish kerakki, grivna Qadimgi Rus davlati asosiy pul birligi bo‘lgan. "Rubl” atamasi esa Novgorodda XIII asrda yuzaga kelgan. Bora-bora rubl grivnani siqib chiqargan. 1918-yil Ukraina xalq respublikasi vaqtida grivna ikkinchi marta muomalaga kiritildi. 1996-yil sentabr oyida grivna uchinchi marta doimiy pul birligi sifatida qabul qilindi.
Ukraina grivnasi eskizini o‘zining bir qator illyustratsiyalari bilan shuhrat topgan rassom Vasiliy Lopat yaratgan.
Aziz mushtariylar, sizningcha qaysi mamlakat pul birligi eng chiroyli? Yuqorida keltirilgan pul birliklari beshtaligini siz ham tan olasizmi? Fikrlaringizni kutib qolamiz.
|