6 aprel kuni rejissor Dilya Abdulzoda va Maya G'ofurovalarning "Baxt Saroblari" film premyerasi bo'lib o'tgani haqida habar qilgan edik. Premyerani Otabek Mutalho'jayev ko'tarinki kayfiyatda olib bordi va Shok.Uz saytining rahbarlari Laziza va Dilshodlarda ahborot ko'magi uchun o'z minnatdorchiliklarini film ijodkorlari nomidan bildirdi. Film premyerasi haqidagi ta'surotlar bilan bo'lishgan edik. Endi esa premyerada bo'lib o'tgan nohushlik va kelishmovchiliklar haqida so'z yuritamiz.
Demak g'iybatlar bilan bo'lishamiz. Premyerada deyarli barcha kino ijodkorlar qatnashishdi. Lekin bosh rol ijro etgan aktyor Baris Gafurov sahnada ko'rinmadi. Kino ijodkorlarini habariga ko'ra Baris Gafurov chet elga ketishi haqida habar qilgan ekan. Ming afsuslarki kino tomosha qilgan jurnalistlardan biri " men bu aktyorni kechagina Ilhom teatrida ko'rdimku" desa bo'ladimi! Nima o'ylashni ham bilmay qoldik, haqiqatdan ham Baris Gafurov chet eldami yoki bo'lmasa shu yerda bo'la turib, o'zining premyerasiga kelmasa. Nahotki aktyor shunchalik ma'suliyatsiz bo'lsa?
Keyingi kelishmovchilik haqida. Yana bir bosh roldagi Muhammad Ali Iskandarov 25 kadr ko'rsatuviga intervyu bermayman deb turib oldi. Buni sabibini bilishga albatta urungan shpion jurnalistlarimiz aytishiga qaraganda Muhammad Ali rejissordan norozi ko'rinadi. Aktyor rejissorga film ssenariysi boshqacha edi, endi esa umuman ssenariydaka emas. Uning ustiga menga ovoz bergan odamni ovozi umuman tushmagan deb hafa bo'lgan. Biz esa filmdagi bunday kamchilikni aslo sezganimiz yo'q. Muhammad Ali Iskandarov filmni ko'rmay turib, bu gaplarni gapirib birovni hamda o'zingizni bekorga hafa qildingiz. Sizning bu filmdagi ijroingiz juda tasirli chiqqan, filmdagi ovoz ham sizga yaxshi tushgani shubhasiz.
Yana shuni aytish joizki aktrisa Jamila G'ofurova "Baxt Saroblari" filmida ilk bor o'ziga ovoz berdi. Hullas natija yomon emas. Hayriyatki aktrisa Muhammad Ali Iskandarov kabi bu jihatdan noligani yo'q. Filmda ishtaha ochuvchi sahnalar ham juda ko'p bo'ldi. Bu esa zaldagi tomoshabinlar ishtahasiga qattiq ta'sir qildi. Bilishimizcha bu sahnalarning har biri uchun restoranga 150 dollardan ketgan ekan. Endi o'ylab ko'ring, har bir ishtaha ochuvchi sahna uchun shuncha pul ketgan bo'lsa, bu rolni avval Gulchehra Eshonqulova ham ijro etgan edi. Keyin esa boshidan Jamila o'ynagan. ikki aktrisani suratga olish uchun faqatgina restoran sahnasiga shuncha pul ketgan bo'lsa qolganini aytmasa ham bo'ladi. Kimga mazza Baris Gafurovga, chunki u 2 martadan shu restoranda suratga tushib, tansiq taomlardan bahra bo'lgan. Barchangizni ushbu filmga chorlab qolamiz, ayniqsa yosh qizlarimizga katta maktab bo'ladi deb umid qilamiz. Har holda juda zo'r mavzu ko'tarilgan!
Laziza To'ymuhammedova
Foto muhbir : Avaz
LAZIZA