Главная » 2013»Август»14 » Poytaxtimizda ranglarga hamohang harakatlanuvchi favvora paydo bo‘ladi
00:57
Poytaxtimizda ranglarga hamohang harakatlanuvchi favvora paydo bo‘ladi
Xadra maydonidan joy oladigan 12 metrli ranglarga hamohang harakatlanuvchi favvora poytaxtimiz aholisi uchun bayram sovg‘asi bo‘ladi. Uning qurilishida zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalardan foydalanilmoqda. Bu haqda Uza.uz xabar berdi. Hozirgi kunda Toshkent shahrida 60 dan ortiq favvoralar ishlaydi, ularning ko‘p qismi mustaqillik yillarida qurilgan. "Toshkent favvorasi” davlat unitar korxonasi boshlig‘i Nikolay Shpulin shunday deydi: Toshkent favvoralari poytaxtning diqqatga sazovor joylaridan biriga aylanib ulgurgan. Yozning issiq kunlarida bu yer shahar aholisi va mehmonlar bilan gavjum bo‘ladi. Bizning korxona shahar favvoralarining texnik xizmati va ta’mir ishlari bilan shug‘ullanadi. Mustaqillik maydonida joylashgan eng katta favvora bir necha yillardan buyon yurtdoshlarimizni xursand qilib kelmoqda. Favvora sig‘imi 10 ming kub metrni, uzunligi esa 120 metrni tashkil etadi. Bugun kunda an’anaviy turg‘un favvoralar o‘rniga yuqori texnologiyalar yordamida ranglarga va musiqaga hamohang harakatlanuvchi favvoralar kirib kelmoqda. Suv oqimi va rangi ma’lum bir musiqa jo‘rligida dasturlashtiriladi. Har bir musiqa parchasiga o‘ziga xos dastur yoziladi. Bularning barchasi kompyuterda boshqariladi.