Otam mening tog'imdir,Onam gulzorim, Osmondagi Quyoshimu,To'lin oyginam. Tunda issiq panohim,tongda jannatim, Mehr to'la Ota-Onam,uyin sog'indim.
Qaytgim kelar o'sha yosh,bola chog'imga, G'am-u hasratsiz o'tgan,jannat bog'imga. Yana quchib erkalagan,dadam yoniga, Qaytgim kelar tush bo'lsaydi,Otam uyiga.
Siz yo'qsiz keng bag'rim,xuvillab qoldi, Yolg'izligim yana meni,yolg'iz qoldirdi. Alamimdan ichib-chekib,dardga ko'mildim, Qani meni tergab turar,Otam sog'indim.
Ko'z yoshlari daryo bo'lgan,Opam netadi, Uzoqlarda sarson yurgan,Akam kuyadi. Bir boshida ming balolar.Onam ko'nmaydi, Eslab-eslab o'tirgan bir,o'gliz yig'laydi.
Kuzataman ko'cha ko'yda,baxtli oilalar, Ularga xavas bilan,ko'zim termular. Farzandlarim kuni kelib,sizni so'rashar, Ularni quchib yana,ko'zim yoshlanar.
Mehringizga to'yolmayin,qoldim mo'ltirab, Ko'zlarimda achchiq yoshla,keldim uy taraf. Tushlarimga bolam kel deb,turardiz qarab, Eshik oldida xech kim,siz yo'qsiz Otam.
Xuvillagan uyimizga keldim Otajon, Sizni qo'msab rasmingizni,quchdim Otajon. Hovlimizda o'sha ketmon,bolta arralar, Hamma narsa eslatadi,sizni Otajon.
Siz ekkan daraxtlardan,nihol o'nibdi, Bahor chog'i jannat uyiz,gulga to'libdi. Onajonim boshginamga,omon bo'lsinlar, Barchamizni duo qilib,mingga kirsinlar.
Mana keldim Otajon,sizni yonizga, Oz bo'lsada o'rgandim,duo qilishni. Ko'rgan kechirganingiz savobga bo'lsin, Otajonim joyingiz ilohim jannatda bo'lsin!
Yig'lamayman ko'z yoshlarim,sizni og'ritar. Tunlarida yostig'im namlanib ketar, Yolg'izman deb yo'q boshqa,gapirmay deyman. Netay taqdirim shundaymi,hamma tark etar.
Hayot o'zi beshafqatdir,nolimayman xech, Baxtlar kelib eshigimni,taqqillatmas xech. Hudo menga atagani bordir,erta kech, O'rganyapman Otajonim halol mehnatim.!
Sasha.B - Hayotiy Ijodidan..!
|