Orzulari armon bo'lgan,yigitlar bormi, Sevgisiga yetolmagan,yuraklar bormi. Ota dardin-Ona baxtin,ko'rmagan yigit, Hayotning bu sinovidan,o'tganlar bormi.
Ko'zda yoshin ko'rsatmagan,orli yigitlar, Mard bo'lishar sinov kelsa,boshga yigitlar. Oila taftin-farzand axtin,bukmagan yigit, G'ururini yerga urmas,bir so'z yigitlar.
Do'st boshiga tashvish kelsa,tashlab ketmagan, Suygan qizin aldab yana,xo'rlab ketmagan. Tunlar ko'cha-ko'yda yurib,ichmagan yigit, Uyga yana kech kelmaydi,Musulmon bo'lgan.
Ko'zimda yosh bag'rim butun,yig'layman sekin, Men baxtimdan mamnun bugun,oshkora sevgim. Bu taqdirim-mening baxtim,yonimda borim, Yigit bo'lib tug'ildim men,shundandir baxtim...