YAKSHANBA, 2024.12.29, 12:04
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SHERLAR.UZ SAYTNINI QAYERDAN BILAS
XAMMA JAVOBLAR: 1195

Статистика

XOZIR SAYTDA 5
MEXMON 5
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Октябрь » 23 » «Onasi o’pmagan qizlar» qani?
13:59
«Onasi o’pmagan qizlar» qani?
Hayo va andisha dunyoda tartib saqlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Hayo yo‘qolsa, hech kimda vijdon ham qolmaydi. U holda dunyoda tartib buziladi. Kishilar bir-birlariga befarq qaraydigan bo‘lib qolishadi.
Husayn Voiz Koshifiy

Libos - millatning madaniyat belgisi, ma'naviyat timsoli, qadriyatning bir ko‘rinishi. Dunyoda hamma narsa qatori madaniyat va qadriyatlar ham globallashuvi xalqlarning milliy ma'rifati ramzi bo‘lmish liboslarga chang solyapti. Bu, ayniqsa, ayollarimizning kiyimlarida ko‘zga yaqqolroq tashlanyapti.
Ishqilib, bora-bora butun dunyo aholisi bir xilda kiyinadigan bo‘lib holmasin-da, degan xavotir ko‘ngilga g‘ulg‘ula soladi. Nega deysizmi? Tabiiyki, yer yuzi xalqlari rang-tusi, tili va urf-odatlaridan tashqari bir ko‘rgandayoq milliy liboslari bilan farqlanishi oynadek ravshan. Ana shu o‘ziga xoslikka modaparastlik sabab putur yetyapti.

Masalan, o‘zimizda belga tushadigan qirq kokil, sumbul-sumbul qora sochlaru ko‘krak burma ko‘ylaklarni bugun yoshlar orasidan kunduzi chiroq yoqib topish amri mahol. Bu, ehtimol, xorijiy mahsulotlar salmog‘ining ortganidandir. Lekin...

«Moda»si tushmagur ob-havodan ham tez o‘zgaruvchan narsa ekanki, o‘tgan mavsumdagi liboslar bu yilga kelib «eskirib, yaroqsiz» bo‘lib qolaverarkan. Shunday tez almashinish asnosida bejirim fasonlar o‘rniga na milliy madaniyatimiz va na milliy g‘ururimizga mos keladigan bachkana, hatto kulguli shakldagilari paydo bo‘lyaptiki, ko‘rib ensangiz qotadi.

Bama'ni, ko‘rkam bichimli liboslarning umri uzun bo‘ladi. Har qanday yoshdagi kishiga, har qanday sharoitda ham mos kelaveradi. Sezyapsizmi, keyingi yillarda «oynai jahon» orqali namoyish etilayotgan adadsiz teleseriallardagi qahramonlarning, sahnadagi mashhur va hali uncha tanilmagan qo‘shiqchi san'atkorlarning soch tarashiyu turmaklashidan tortib, ko‘ylaklarining modasigacha andoza taxlit ommaviylashib ketyapti.

Demak, sahnadagi va ekrandagi san'atkor, ularning har bir chiqishi, kiyinishi boshqalar uchun bir namuna ekan. Shunday bo‘lgach, san'atkorlarimiz, televidenie boshlovchilari milliy liboslarimizni, ayniqsa, atlas, shohi, beqasam, banoras kabi xalqimiz hunarmandchiligi mahsuli bo‘lgan matolardan o‘zbekona tikilgan kiyimlarni muntazam ko‘z-ko‘z qilib turishsa, yaxshi bo‘lardi.

Ammo keyingi paytda aynan san'atchilar, ayniqsa, estrada «yulduz»lari g‘arbona, g‘aroyibona kiyinishlari bilan «nom» chiqarishyapti. Ularning kindik ochib, yelka, ko‘kraklarigacha «ko‘z-ko‘z» qilib kiyayotgan liboslari yoshlar o‘rtasida tezda urfga kiryapti. Kindigini ochib kiyinayotgan yosh qizchalarning ertaga onalik baxtidan mahrum bo‘lib holishlari ehtimoli haqidagi shifokorlarning jiddiy ogohlantirayotganlari esa alohida mavzu.

Yosh san'atkorlarning ijro qobiliyatiga, iste'dodiga tan berasiz. Biroq ayrimlarning kiyinish madaniyati, kostyum tanlash didiga qoyil qolmaysiz. Hatto ba'zilar kiygan kiyimlarini ko‘rib ranjiysiz. Yelkasi, orqasi to‘la ochiq liboslar katta sahnalardan turib namoyish qilinayotganiga ajablanasiz. El mehrini qozonib kelayotgan boshqa bir qator yosh san'atkorlarning ana shunday liboslari o‘zbek san'atining bo‘lajak yulduzlari sha'niga, obro‘-e'tiboriga soya solmasmikan? Ularning ixlosmandlari «moda» desa, hamma narsani unutib o‘zini «tomdan tashlaydigan» yoshlardangina iborat emas-ku, axir.

O'zbeklarimizda qiz bola ta'riflanganda «onasi o‘pmagan», «qand qog‘ozga o‘ralgan» degan juda shirin, nozik iboralar ishlatiladi. Bunda uning nafaqat jismi-joni yot, begona nigohlardan saqlanganiga ishora, balki xulq-atvori, odobi, ichki go‘zalligi nuqsonsiz ekanidan ham xabar beriladi. Xo‘sh, endi o‘zingiz ayting-chi, yarim yalang‘och, aji-buji kiyingan «zamonamiz malikalari»ni «qand qog‘ozga o‘ralgan» desa bo‘ladimi?!


Категория: FIKR-MULOHAZA | Просмотров: 3566 | Добавил: Muhammad[Nur] | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 1
1 google93   (2012.09.16 15:15) [MALUMOT]
hm to'g'ri

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2024 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz