Sarson edi tuyg’ularing.
Yurak ezar qayg’ularing,
Xijron kabi holsizginam..!
Sevishimni aytolmasman,
Izlaringda men tolmasman.
Ortginamga qaytolmasman,
Onam kabi munisginam..!
Dardlarimni sotib olgan,
Izhorimni dilga solgan..
Sog’inchlarga botib qolgan,
Qo’lim yetmas olisginam..!
Armonimning cho’llarida,
Qonlar yutib yo’llarimda.
Sho’r taqdirning qo’llarida,
Tugab bitgan holsizginam..!
Sitamlardan topmay panoh,
Sog’inchlardan chekibsan oh..
Ogoh etgin meni ogoh..,
Mening kabi yolg’izginam..!
Aytgin kelib qancha davron,
Zo’raymoqda endi hijron..
Omon qolmam,endi omon,
Jonin bergan jonsizginam..!
Men kechikdim,yo’qdir visol,
Baxtlar endi so’ramas hol.
Ayo tangrim jonimni ol..!
Kechir meni holsizginam..!
Munis yuzli jonsizginam..!
Muallif : EL_SHaFeY