Bir yosh yigit hikoya qiladi :Bir kuni onam bilan tortishib qoldik.Ovozlar ko'tarilishgacha bordi.Oldimdagi kitob-daftarlarimni zarda bilan stol ustiga otdim-da, xonamga kirib ketdim.O'sha paytda ko'nglimga qil ham sig'masdi.Odatda bir narsadan qattiq hafa bo'lsam, uyqu bilan yozilardim... Ertasi kuni o'qishdan qaytayotib, o'zimni qo'yarga joy topolmay, qayerda yurganimni ham bilolmay, bezovtalanib, ohiri mehribon onajonimga bir noma yozdim : " Eshtishimcha, inson oyog'ining osti ustiga nisbatan muloyimroq va yumshoqroq bo'larkan.Sizning muborak oyog'ingiz shu gaplarning to'g'riligini lablarim bilan tekshirib ko'rishimga ijozat berarmikin?!" Uyga kelsam volidam meni ostonada kutib turardilar.Ko 'z yoshlari yonoqlariga oqib tushardi.Dedilar : " Oyog'imni o'pishingga hech qachon ruhsat bermayman.Sen aytgan gapga kelsak, men uning to'g'riligini yosh paytingda oyoqchalaringning ustini ham, ostini ham o'paverib, allaqachon bilib bo'lganman ". Ko'z yoshlarim yuzimni yuvdi... Hammamiz ham bu dunyoga sinov uchun kelgan mehmonlarmiz.Ota- Onalarimiz esa bizlarning g'animat mehmonlarimizdirlar.Parvardigor amri ila bir kuni o'tib ketishadi.Bas, shunday ekan, bu kunlarni g'animat bilib, ularning qadrlariga yetaylik, beminnat hizmatlarini qilaylik, ular haqqiga hamisha duoda bo'laylik... Alloh taolo barchalarimizni Ota- Onalarimizni umrlarini ziyoda etsin va ularning oltindan-da qimmat bo'lgan duolarini olib yurishimizni hammamizga nasib qilsin!