Yana boshimga qiyin kunlar tusha boshladi hayotim bahor havos misoli bir zumda o'zgardi. Bir necha kunlar oldin gam nima yoqchlik nimaligini bir bora ham totib ko'rmagan bola edim endi esa yo'qchilikdan qiynalib g'amimga ko'milib o'tiribman. Qancha bahtli hayot kechirdim, qancha do'stlar ortirdim lekin bu do'stlar vaqtinchalik ekani haqida hechham o'ylamabman. Sen menga go'zal hayot, sog'lom tana, mehribon ota ona va yahshi yashashim uchun boylik beribsanu men esa birbora sen uchun sajida qilmabman loaqal shukur Ollohim deya olmabman. Dunyoga qo'shlib qalbimga iymonni o'rniga shayton birla nafsu hirsni joylab qancha bo'lsa shuncha kam deb molu davlatni orqasidan quvaveribman. Ota onamningham nasihatlariga quloq solmay shaytonning gaplariga uchib ha bu dunyoga birbora kelamiz yashab qolish kerakda deb yuraveribman. Yolg'on dunyo uchun uyimizni yahshilay qo'shnilar ko'rsa nima deydi deb o'zimni o'tga cho'qga uribmanu lekin sening nazaring tushuvchi qalbim uyni hech bo'lmasa birbora o'ylamabman. Hoynahoy qalbim yui kimsaiz qolgan qasir kabi huvillab nursiz zimiston bo'lib yotgan bo'lsa kerak. Nega omad borligida imkon borligida shu qalbim uyini bilim olib ilm sari intilib ziyo nuri birla yoritmadim u vaqtlarda qornim to'q qolgani bilan ishim yo'q bo'lib qolgandim. Qayerdagi bir soatlik yig'inlar ucun, sharobhurlik uchun, maishatbozlik uchu qancha,qancha pullarni yo'q qilib yuboirbmanu hudo yuliga deb bir bora qon chiqormabmanham. Eshigimga tanish natanishlar kelsa uyimni to'riga o'tqazib mehmon qilib aka kamchiliklar bo'lmadimi deb jo'natdimu ammo uyimga hudo yo'li uchun sadaqa qiling deb kelgan bandangga seni nomingni aytib tursaham so'mni qizg'onib bu yer masjid emas sadaqa beradigan deb haydab soldim. Bandalaring juma kuni juma nomoziga hattoki yosh bollar qishning sovuq kunlarida shoshilib masjid tomon ketayotganda men issiqgina uyimdan chqmasdan rohatimni o'yladim ammo shunday rohatda o'tirishimga kim sababchi ekanligi haqida aslo o'ylamadim. Sen menga jamiyki yahshi narsalarni berding men esa bu yahshiliklaring uchun senga toat ibodat qilmasdan shayton bilan do'st tutundim. Endi esa na boylik bor na do'stim bor........ Mana bugun muborak juma kunida tovba qilmoqlik uchun masjidga kelib qo'llarimni duoaga ochb sendan so'raymanki Ollohim boylikni shodlikni, quvonchni, g'amniham berding endi sendan o'tinib so'raymanki yuragimga ishqingdan, tosh bag'rimga mehringdan, tun qalbimga ziyo nuringdan ato etgin toki seni sevimli bandalaringdan bo'lib qolay omin.....
Yo'llarimda yorim bo'lgin o'zing Olloh Qalbimdagi nurim bo'lgin o'zin Olloh. Sig'nguvch borim bo'lgin o'zing Olloh. Olguvchiham berguvchiham o'zing Olloh.
Yomonlikni qilaverib to'yib ketdim. Gunohlarim o'ylayverib kuyib ketdim. Shayton birla sharobniham suyib ketdim. Tovba qildim senga mudom kechirguvchi ozing Olloh.
Barcha mo'min va muslimalarga juma muborak bo'lsin deb Dilshodbek (Oltinbola).
Dilshodbekni ''Oqga tushgan armonlar'' nomli kundaligidan.
|